Page 639 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 639

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             transport turi bor. Unda avtobuslar asfalt yo‘ldan emas, maxsus temir-
             beton izlardan harakatlanadi. Bunday jamoat transporti dunyo ning
             boshqa biror davlatida uchramaydi.
                “O-Bahn  Busway”  deb  nomlanadigan  bu  tizimda  avtobuslar
             xuddi poyezdlarga o‘xshab maxsus temir-beton izlar ustida

             harakatlanadi. Avtobuslar temir izlar ustidan odatdagiday rezina
             shinalar yordamida yuradi va tezlikni soatiga 100 kilometrgacha
             chiqara oladi.
                Ikkinchi jahon urushi yillarida Adelaida shahrida 300 ming atrofida
             odam yashagan. 1960-yillarda shahar aholisi yarim milliondan
             osha di.  1968-yilda  shahar  maʼmuriyati  Adelaida  shahrida  jamoat
             transportini rivojlantirish uchun turli rejalar ishlab chiqadi.
                Jumladan, metro, transport vositalari uchun tezyurar yo‘l qurish
             masalasi muhokama qilinadi. Biroq bu takliflarning birortasi amalga

             oshmaydi. Chunki rejalarni amalga oshirish uchun shahar ichida va
             atrofida juda ko‘pchilikning uy-joyini buzishga to‘g‘ri kelardi. Shahar
             maʼmuriyati odamlarga katta miqdorda tovon to‘lash uchun mablag‘
             topib bera olmasligini maʼlum qiladi.
                Shundan so‘ng o‘n yillar davomida shaharda transport tizimi
             boricha  rivojlantiriladi.  Yangi  yo‘llar,  tunnellar  quriladi.  Shu  bilan
             birga shahar va uning atrofida aholi soni oshib boradi.

                1973-yilda Adelaida shahri joylashgan shtat maʼmuriyati shaharda
             tramvay liniyalari uchun temiryo‘llar qurish masalasini ko‘rib chiqadi.
             Temir izlar asosan shahar atrofi bilan uning markazini bog‘lashi kerak
             edi.
                Biroq  Adelaida  maʼmuriyati  bu  rejani  qabul  qilmaydi.  Chunki
             shahar markaziga tramvay uchun temiryo‘l tortilganda ancha obod
             bo‘lgan Adelaidaning ko‘rkiga putur yetkazadi, deb topiladi.
                Shundan  so‘ng  maʼmuriyat  Germaniyaning  Daimler-Benz
             kompaniyasi bilan hamkorlikda bir izda harakatlanuvchi avtobuslar

             tizimini tashkil etishga qaror qiladi.
                Bugungi kunda O‘zbekistonda ham tirbandlik va jamoat transporti
             muammo bo‘lib turgan bir paytda, yuqoridagi matndan kelib chiqqan
             holda qanday yechimlar taklif qilgan bo‘lar edingiz?

                                                  638
   634   635   636   637   638   639   640   641   642   643   644