Page 643 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 643

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV



              15-MAVZU       INNOVATSIYALAR MARKETINGI



                15.1.  Marketing  faoliyatini  rivojlantirishning  institutsional

             shart-sharoitlari
                15.2. Innovatsion faoliyat marketing obyekti sifatida
                15.3. Innovatsiyalar marketingida tashqi va ichki muhit
                15.4. Innovatsion mahsulot narxini shakllantirish
                15.5. Innovatsion  mahsulot  uchun  marketing  kommunikat-
             siyalari
                Mavzuning        qisqacha      sharhi.     Innovatsiyalar marketingi
             innovatsion  jarayonlar  samaradorligini  oshirishda marketing
             amaliyotidan       foydalanishni      ko‘zda     tutadi.    Innovatsiyalarni

             tijoratlashtirishning  natijaviyligi  ko‘p  jihatdan  marketing  vosita
             va  usullaridan  mohirona  foydalanishga  bog‘liqdir.  Innovatsiyalar
             marketingi bozorda yangi mahsulot va xizmatlarning muvaffaqiyatiga
             hissa  qo‘shuvchi  innovatsiyalarni  boshqarish  bilan  bog‘liq
             faoliyatining barcha turlarini qamrab oladi. Innovatsion jarayonning
             yakuniy bosqichi innovatsiyalarni tijoratlashtirish ekanligini inobatga
             olsak, innovatsiyalar marketingining qay darajada muhim ekanligi

             oydinlashadi. Shundan kelib chiqqan holda, mazkur mavzu doirasida
             innovatsion jarayonlar samaradorligini  oshirishning muhim omili
             sifatida innovatsiyalar marketingi muhokama qilinadi.


                  Biznes tarixi: 310 million nafardan ortiq foydalanuvchiga
                      ega “Amazon” kompaniyasi qanday tashkil etilgan?
                Uning  bugungi  kungacha  qanday  shakllangani,  qanday  jarayon  va
             yo‘llardan o‘tgani ko‘pchilik uchun qiziq bo‘lishi mumkin.
                Jeffri  Preston  Bezos  –  elektron  tijorat  dunyosida  muvaffaqiyatli

             tadbirkor  va  “Amazon”  asoschisi  sifatida  tanilgan.  U  1964-yil
             12-yanvarda  Amerikaning  Nyu  Meksiko  shtatida  dunyoga  kelgan.
             Priston universitetini tamomlagandan so‘ng, Uoll-Stritda o‘z karyerasini
             boshlaydi.

                                                  642
   638   639   640   641   642   643   644   645   646   647   648