Page 646 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 646
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
bo‘lsa, oradan bir yil o‘tib, 148 mln dollarga yetgan. Tashkil topganiga 5
yil bo‘lganida esa kompaniya 6 mlrd dollarga baholangan.
Bugungi kunda “Amazon” kompaniyasi dunyodagi eng yirik onlayn
do‘kon hisoblanadi. Amerikada amalga oshiriladigan barcha onlayn
xaridlarning uchdan bir qismi uning hisobiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan
birga, kompaniya maʼlumotlarni saqlashda eng yirik server xizmati
ko‘rsatuvchilardan sanaladi.
“Amazon” kompaniyasi mahsulot yetkazib berish xizmatida ilk bor
uchuvchisiz qurilmalardan foydalangan. 2021-yildan o‘zbekistonliklar
uchun ham o‘z tovarlarini kompaniya orqali sotish imkoni paydo bo‘ldi.
Kompaniyada bugungi kunda 300 mingdan ziyod xodim faoliyat
yuritadi. U 100 dan ortiq mamlakat va mintaqalardagi mijozlarga
buyurtmalarni jo‘natadi. Global miqyosda 310 mln.dan ortiq faol
foydalanuv chiga ega.
Mijozlar “Amazon” xaridlarining 28 foizni 3 daqiqada yoki undan
kamroq vaqt ichida, 50 foiz xaridlarni 15 daqiqadan kamroq vaqt ichida
yakunlaydi.
Jeff 2000-yilda “Blue Origin” kosmik sayyohlik kompaniyasiga ham
asos solgandi. U ana shu kompaniyasining kosmik kemasida, 2021-yil
20-iyul kuni yerdan 100 km uzoqlikka, yaʼni kosmosga borib keldi.
“Amazon” “Interbrand” konsalting kompaniyasi tomonidan taqdim
etilgan 2023-yildagi dunyoning eng qimmat brendlarining yillik reytin-
gini Top-3talikka kirdi. Brend qiymati 1 foiz o‘sish bilan 276,9 mlrd.
dollarni tashkil etgan.
2023-yilning noyabrida “Amazon” sunʼiy intellekt sohasida
ko‘nikmalarga ega bo‘lish imkonini beruvchi bepul “AI Ready” o‘quv
dasturini ishga tushirdi.
Kompaniya mazkur dastur orqali 2025-yilgacha kamida 2 mln kishini
o‘qitishni rejalashtirmoqda. Darslar yangi boshlayotganlar uchun ham,
ushbu sohada allaqachon tajribaga ega bo‘lganlar uchun mo‘ljallangan.
“AI Ready” tufayli “Amazon” kelajakda sunʼiy intellekt sohasida o‘zini
yangi isteʼdodlar bilan taʼminlash va “Microsoft”, “Google” va sunʼiy
intellekt sohasida ham rivojlanayotgan boshqa kompaniyalar bilan
bo‘shliqni yopish niyatida.
645