Page 645 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 645

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                Kompaniya daromadining katta qismi uni rivojlantirishga sarflangan.
             Hozirda “Amazon Prime”ning global obunachilari soni 220 mln nafardan
             ortiqni tashkil etadi.
                “Amazon” o‘zining “Amazon Prime Video”, “Amazon Music”, “Twitch”
             va “Audible” kabi korxonalari orqali turli xil yuklab olinadigan va oqimli

             kontentni tarqatadi.
                Shuningdek, “Amazon Publishing” nashriyoti, “Amazon Studios” kino
             va  televizion  studiyasi  va “Amazon  Web  Services”  korxonasiga  ega.  U
             maishiy elektronika ishlab chiqaradi.
                “Kindle” elektron o‘quvchilari, “Fire” planshetlari, “Fire TV” va “Echo”
             qurilmalari shular jumlasidan. Shuningdek, “Amazon” hozirda “Metro-
             Goldwyn-Mayer” kino va televizion studiyasini sotib olish jarayonida.
                Kompaniya  texnologik  kuzatuvning  haddan  tashqari  taʼminlanishi,
             yuqori  raqobatdosh  va  talabchan  ish  madaniyati  hamda  raqobatga

             qarshi xatti-harakatlari uchun tanqid qilingan.
                Biznesda  nom  tanlash  ham  brendning  kelajagini  belgilab  beradi.
             Kompaniya dastavval 1994-yilda “Sietlda Cadabra” nomi bilan faoliyat
             boshlab,  kitob  sotishni  yo‘lga  qo‘ygandi.  Biroq  ishlar  yurishmadi:
             kompaniya nomi talaffuz qilinganida “cadaver” (o‘lik tana) so‘zini eslatib
             yuborardi.
                Ikkinchi  variant  esa  “Relentless”  (“shafqatsiz”)  edi,  biroq

             biznesmenning do‘stlari bu nom ham juda qo‘rqinchli ekanini aytgan.
                Relentless.com manzili hozir ham Bezosning nomiga rasmiylashtirilgan
             va foydalanuvchilar bu manzilni tersa, Amazon.com saytiga yo‘naltiriladi.
                Jeff yaxshiroq nom topish ilinjida Oksford lug‘atini varaqlab chiqadi
             va “Amazonka”  so‘ziga  duch  keladi.  Bu –  dunyodagi  eng  katta  daryo,
             shuningdek, “A” harfidan boshlanadi.
                Shu tariqa Amazon.com 1994-yilning noyabrida ro‘yxatdan o‘tkaziladi
             va tarmoqda 1995-yilda paydo bo‘ladi.
                Kompaniya  logotipi  ham  o‘ziga  xos  maʼno  anglatadi:  “Amazon”

             yozuvining ostidagi ko‘rsatkich belgisi “a” dan “z”ga qarab harakatlangan.
             Lotin alifbosida eng oxirgi harf “z” hisoblanadi. Yaʼni bizning do‘konda
             hamma nomdagi tovarlar mavjud degan maʼnoni beradi.
                1996-yilga kelib “Amazon” daromadi 15,7 mln dollarni tashkil etgan

                                                  644
   640   641   642   643   644   645   646   647   648   649   650