Page 647 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 647
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Shuningdek, kompaniyasi korporativ vazifalar uchun “Q” chat-botini
taqdim etdi. U biznes muammolarini hal qilish uchun mo‘ljallangan.
U “Gmail”, “Slack”, “Google Driv”, “Microsoft 365” va “Atlassian”
(Jira, Trello, Confluence) kabi ilovalarga yoki kompaniyaning ichki
maʼlumotlar bazalariga ulanishi mumkin.
www.spot.uz
15.1. Marketing faoliyatini rivojlantirishning
institutsional shart-sharoitlari
Innovatsion faoliyat zamonaviy sharoitda tashkilotlar
samaradorligini oshirishning ajralmas shartiga aylanib ulgurdi.
Tashqi muhit o‘zgaruvchanlik va noaniqlik bilan ajralib turadi,
undagi harakatlar yuqori darajadagi xatarlar bilan bog‘liq. Biroq,
innovatsiyalardan voz kechish yanada xatarliroqdir. Dunyoning
yetakchi kompaniyalari o‘z muvaffaqiyatlarini innovatsiyalar va
ularning amalda boshqarish mumkinligi, yangiliklarni boshqarish
yuqori samaradorlikka erishish ning asosi ekanligi bilan bog‘laydilar.
Innovatsiyalardan foydalana olmaslik korxonaning tashqi muhitga
moslasha olmasligini tavsiflaydi va pirovardida bankrotlikka olib
keladi.
Innovatsiyalar marketingining shakllanishi boshqaruv faoliyati-
ning rivojlanishi va isteʼmolchining ijtimoiy takror ishlab chiqarish
jarayonidagi o‘rni bilan uzviy bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda bozorda
raqobatdoshlikni ushlab qolish masalasi ayniqsa dolzarbdir va bunda
tizimli marketingning ahamiyatini eʼtiborda chetda qoldirmaslik
lozim. Korxonalarning raqobatbardoshligi ko‘plab omillarga bog‘liq,
yaʼni zamonaviy boshqaruv nafaqat resurslardan samarali foydala-
nish va qayta taqsimlashni, balki bozor konyunkturasi va mavjud
bozor nisbatlarini hisobga olishni ham taqozo etadi.
Aynan raqobatning kuchayishi innovatsiyalar marketingning paydo
bo‘lishi va shakllanishining omillaridan biri hisoblanadi. Raqobat
ustunliklari har doim tashqi va ichki muhitda maʼlum o‘zgarishlarni
amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, ular amalda innovatsiyalar bilan
chambarchas bog‘liq.
646