Page 652 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 652

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
                 15.2. Innovatsion faoliyat marketing obyekti sifatida
            Bozor bosqichida yangiliklarni joriy etish innovatsion jarayonda
          moddiylashadi. Innovatsion jarayon, deyilganda yangi mahsulot
          va  xizmatlarni  ishlab  chiqarishda  ilmiy,  texnik,  ishlab  chiqarish,
          marke ting  va  sotish  jarayonlarini  qamrab  oluvchi  va  muayyan
          ijtimoiy  ehtiyojlarni  qondirishga  qaratilgan  faoliyat  tushuniladi.
          Ushbu jarayon ning asosiy tomoni va xususiyati innovatsion

          layoqat  hisoblanadi. Innovatsion  layoqat  mamlakatda ijtimoiy va
          iqtisodiy hayotni tashkil etishning tarkibiy xususiyati yoki alohida
          korporatsiyaning  yangi  mahsulot  va  xizmatlarni  ishlab  chiqarish
          va tarqatishni tezkor qabul qila olish qobiliyatini ifoda etadi. Buni
          quyidagi misoldan ham bilib olish mumkin: Hindistonning ilmiy
          rivojlanish  darajasi  ancha  yuqori  bo‘lsa-da,  ammo  innovatsion
          salohiyati past. Shu bilan birga, tegishli ilmiy bazaga ega bo‘lmagan
          holda, baʼzi sohalarda texnologik jarayonlarda yetakchiga aylangan
          yuqori innovatsion qobiliyatga ega bo‘lgan bir qator davlatlar

          (Yaponiya, Tayvan, Janubiy Koreya) boshqa mamlakatlarning ilmiy-
          texnik salohiyatiga tayanadilar.



































                                               651
   647   648   649   650   651   652   653   654   655   656   657