Page 656 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 656

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Iqtisodiy o‘sishni taʼminlashda innovatsiyalarning ahamiyatini
          o‘rganishning zaruriy sharti har qanday mamlakat iqtisodiyotini
          tarmoq va mahalliy korxonalardan tashkil topgan ajralmas
          katta  tizim  sifatida  ko‘rib  chiqishda  o‘z  aksini  topadi,  bu  o‘z
          navbatida innovat siyalarning ushbu maqsadni amalga oshirishga

          qaratilishini  va  o‘z  resurslari  hisobiga  takror  ishlab  chiqarish
          qobiliyatini anglatadi.
            Iqtisodiy  o‘sish  odatda  maʼlum  bir  davrda  yaratilgan  tovarlar
          va  xizmatlar  hajmining o‘sishini  anglatadi. Iqtisodiy o‘sishning
          pirovard maqsadi isteʼmol va farovonlikni oshirishdan iboratdir.
          Zamonaviy  tashkilotning  raqobatbardoshligining  asosiy  kaliti
          innovatsionlik  yoki  innovatsion  faollik,  yaʼni  innovatsiyalarni
          yaratish va qabul qila olish qobiliyatida namoyon bo‘ladi.
          Innovatsion      faoliyat     mamlakatning         iqtisodiy     o‘sishi    va

          korxonalarning  rivojlanishini  belgilovchi  omil  hisoblanadi.
          Tashkilotning  innovatsionligini  rivojlantirishga  ichki  va  tashqi
          muhit omillari taʼsir qiladi:
            - ichki omillar: ishonchli faoliyat ko‘rsatish zarurati, xarajatlarni
          kamaytirish,  xatarlarni  taqsimlash,  ishlab  chiqarish  quvvatlaridan
          to‘lig‘icha foydalanish, xodimlarni ish bilan taʼminlash;
            - tashqi omillar: texnika va texnologiyalarning rivojlanishi,

          ishlab  chiqaruvchi  kuchlar  va  sotish  bozorining  rivojlanishi,
          isteʼmolchilarning  mahsulotga  bo‘lgan  munosabatini  o‘zgartirish,
          raqobat va raqobat munosabat-laridagi muttasil o‘zgarishlar.
            Zamonaviy  marketing  yondashuvlari  ko‘proq  strategik  tavsifga
          ega,  shuning  uchun  “innovatsion  marketing”  va  “innovatsiyalar
          marketingi”      tushunchalarini       farqlash      maqsadga       muvofiq.
          Innovatsiyalar marketingi – bu korxonaning ehtiyoj (shu jumladan
          yangidan  paydo  bo‘lgan)larni  yuqori  sifatli  qondirishga  imkon
          beruvchi  bozorda  yangi  bo‘lgan  mahsulotlarni  yaratish  borasidagi

          faoliyatidir. Innovatsion marketing katta strategik yo‘nalishga egaligi
          bilan ajralib turadi.
            Innovatsion marketingning quyidagi o‘ziga xos xususiyatlarini
          ajratish mumkin:

                                               655
   651   652   653   654   655   656   657   658   659   660   661