Page 659 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 659
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
4) yangi mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish
xarajatlarini maqbullashtirish;
5) innovatsion faoliyatni rejalashtirish va bashoratlash;
6) innovatsion strategiyani amalga oshirishni tashkil etish,
boshqarish va nazorat qilish.
Innovatsion jarayonlarni boshqarishda marketingning zamona-
viy konsepsiyasi quyidagi funksiyalarni hal qilishga mo‘ljallangan
(15.2-jadval).
Innovatsion marketing korxona texnologiyalarini takomillashti-
rish va raqobatbardosh mahsulotlar yaratish maqsadida korxona
faoliyatining barcha sohalarida ijodiy yondashuvlardan foydalanishni
o‘z ichiga oladi va korxona faoliyatini g‘oyalarni doimiy izlash,
ularni amalga oshirishga yo‘naltiradi. Zamonaviy tadqiqotchilar
anʼana viy fikrlash va nostandart (combinatorial) mushohadalash
doirasida innovatsion marketingning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarini
aniqlaydilar. Agar birinchisi g‘oyalarni topishga va korxona tomonidan
belgilangan maqsadlar, maqsadli bozorlar va imkoniyatlar doirasida
mahsulot yaratishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchisi innovatsion g‘oya-
larni izlashning cheksiz jarayonlari va ularning korxona maqsadlari-
dan ustunligini nazarda tutadi. Ikkinchi yo‘nalish yirik korxonalarda
innovatsion bo‘linmalarni taqsimlash va riskka moyil loyihalarni
amalga oshirishga va tubdan yangi mahsulot va texnologiyalarning
paydo bo‘lishiga qaratilgan venchur firmalarning paydo bo‘lishini
taqozo qiladi.
15.3. Innovatsiyalar marketingida tashqi va ichki muhit
Innovatsion strategiyani amalga oshirish korxonalardan muayyan
bir vazifalarni to‘laqonli bajarishga tayyor turishni taqozo qiladi.
Innovatsion salohiyatning holati va uning rivojlanish darajasi
tashkilotning ichki muhiti, uning barcha tarkibiy bo‘linmalarining
(bloklarining) muvofiqlashtirilgan faoliyatiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Tashkilotning innovatsion salohiyati-bu tashkilotning innovatsion
loyihani yoki innovatsion o‘zgarishlar dasturini amalga oshirishga
tayyorli gining o‘lchovidir.
658