Page 662 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 662

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          yuri tish uchun muhimlik darajasi), shuningdek, ushbu omillar taʼsi-
          rining kuchi aniqlanadi. Rasmiylashtirish jarayoni omillar guruhini
          ajratish, ularni tartiblash va omilli guruhlarni aniqlashtirishni ifoda
          etadi. Omil bahosi (+) qiymatga ega bo‘lishi ijobiy taʼsir ko‘rsatishni
          va marketing imkoniyatlariga erishishga hissa qo‘shishni anglatadi.

          Omil bahosi qiymati (-) ifodaga ega bo‘lishi istalgan omilning taʼsiri
          natijasida tahdidlar mavjudligini ko‘rsatadi. Omillar taʼsirining kuchi
          G. Assel formulasi bilan belgilanadi:
            +Qi = Li × (+Piu) (1)
            −Qi =Li × (−Piu), (2)
            Bu yerda:
            Qi-i-omil taʼsirining kuchi;
            Li-i – omilning darajasi;
            Piu – bu omilning balli.

            Innovatsion mahsulotning butun marketing majmuini amalga oshi-
          rish ilmiy tashkilotlarning marketing xizmatlari zimmasiga yuklanadi.
          Ushbu xizmatlarning asosiy vazifalari qatoriga quyidagilar kiradi:
            -  mikro va makro muhit holati to‘g‘risidagi maʼlumotlarni to‘plash
          va tahlil qilish;
            -  fan  va  texnologiyalarni  rivojlantirish  tendensiyalari  bo‘yicha
          bashoratli tadqiqotlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish;

            -  rejalar, narx siyosati, reklama, tugallangan ilmiy ishlarni
          tijoratlashtirish;
            -  patent va litsenziyalash faoliyati.
            Bozor konyunkturasi – bu hozirgi vaqtda bozor faoliyati amalga
          oshuvchi shart-sharoitlar majmuidir. U muayyan turdagi tovarlarga
          talab  va  taklifning  maʼlum  nisbati,  shuningdek  narxlar  darajasi  va
          nisbati bilan tavsiflanadi.
            Bozor konyunkturasini tadqiq qilishning uchta darajasi farqlanadi:
            a) umumiqtisodiy;

            b) tarmoq;
            c) tovar.
            Bozor konyunkturasini o‘rganish bozorning joriy holatini aniq-
          lashtirishga qaratiladi. Shu bois, bozor konyunkturasini o‘rganish

                                               661
   657   658   659   660   661   662   663   664   665   666   667