Page 664 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 664
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
- hisoblash usullarining maʼlum bir kombinatsiyasini tanlash (bu
mahsulotning o‘ziga xos xususiyatlari va bozor holatiga bog‘liq).
Bozor ko‘lamini hisoblashning turli usullari mavjud bo‘lib, ularni
uch guruhga bo‘lish mumkin. Bozor sig‘imini hisoblash interfaol
amaliyot hisoblanadi. Turli usullar yordamida olingan baholar o‘zaro
taqqoslanishi lozim. Agar tafovut 15 foiz dan oshmasa, unda sig‘im
to‘g‘ri hisoblangan bo‘ladi. Bozor sig‘imini hisoblash usullari:
1. Potensial mijozlar doirasini aniqlash va ulardan olinishi mumkin
bo‘lgan buyurtmalar sonini qayta ishlash.
2. Bozor sig‘imi dinamikasiga taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash va
tahlil qilish.
3. Trendli tahlil – mahsulot yoki unga o‘xshash mahsulotlarni
tarmoq, hudud va boshqa joylarda sotish dinamikasi va tuzilmasini
o‘rganish.
Potensial mijozlar doirasini aniqlash va ulardan olinishi mumkin
bo‘lgan buyurtmalar sonini qayta ishlash quyidagicha amalga oshi riladi:
1. Hudud bo‘yicha statistik maʼlumotlarni tahlil qilish va o‘rtacha
isteʼmol meʼyorlari asosida (odatda, isteʼmol tovarlari uchun)
mahsulotga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash .
2. Sinama marketing – mahsulotni eng tipik (umuman bozor
uchun) kichik hududda qisqa vaqt ichida (1 haftadan 3 oygacha)
dastlabki sotilishini modellashtirish va natijalarni butun bozorga
ekstrapolyat siya qilish.
3. Ushbu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojni eng muhim ulgurji
isteʼmolchilar yoki buyurtmalar portfeli asosida aniqlash.
Trendli tahlil – mahsulot yoki o‘xshash mahsulotlarni tarmoq, hu-
dud va hokazolarda sotish dinamikasi va tuzilishini o‘rganishni ko‘zda
tutadi, bunda amallar quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
1. Yillik (choraklik, oylik) buyurtmalarning o‘sish surʼati va (3-5
yillik) buyurtmalar hajmini aniqlash va shu asosda – keyingi davr
uchun buyurtmalarning umumiy sonini aniqlash.
2. Trendni yaratish (chiziqli, eksponensial), o‘tgan davr
maʼlumotlaridan foydalangan holda kelgusi davrlar uchun mo‘ljal
olish.
663