Page 666 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 666
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
b) haqiqiy isteʼmol korxonalari sonining ulushi;
c) isteʼmolchi boshiga ishlab chiqarish hajmi;
d) yakuniy mahsulot birligiga bir martalik foydalanish darajasi.
Talabni tahlil qilish uchun D=f(P) yoki D=f(I) talab funksiyalaridan
foydalanamiz. Innovatsiyalarga talab egri chizig‘ini yaratishda quyi-
dagi usullardan foydalaniladi:
1. Belgilangan narxlar va sotish hajmi bo‘yicha mavjud maʼlumot-
larni statistik tahlil qilish.
2. Muayyan vaqt uchun savdo hajmi nisbatlarini baholash.
3. Narxlar asosida eksperimentlar o‘tkazish.
4. Xaridorlar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazish (ular turli narx
darajalarida qancha mahsulot sotib olishga tayyorligini bilish uchun).
5. Ekspertli bashoratlash (dilerlar, distribyutorlar, yetkazib
beruvchilar, kompaniyaning savdo bo‘limi xodimlari o‘rtasida
o‘tkazilgan so‘rovlar asosida).
6. Innovatsion mahsulotni sotib olish joyidagi talabni tahlil qi-
lish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) Ishlatilgan mahsulotni tarqatish kanalining samaradorligi va
maqsadga muvofiqligini baholash;
b) Xaridorlarning istak va xohishlarini baholash (tahlil qilish).
15.4. Innovatsion mahsulot narxini shakllantirish
Tijorat korxonalarining marketologlari narxlarni to‘rtta asosiy
guruhga birlashtirish mumkin bo‘lgan asosiy maqsadlar asosida
belgilaydilar:
a) rentabellik bo‘yicha maqsadlar (foydani maksimallashtirish,
maqsadli daromadlilik);
b) sotish hajmi bo‘yicha maqsadlar (sotishni maksimallashtirish,
bozor ulushini oshirish);
c) raqobatdoshlik bo‘yicha maqsadlar (qiymatga asoslangan
narxlash);
d) maqomga erishish bo‘yicha maqsadlari (turmush tarzi, korxona
imiji).
Mazkur marketing vositasi bo‘yicha innovatsion g‘oyalar ushbu
665