Page 670 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 670

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          mumkin: narxlar darajasi ustidan qatʼiy davlat nazorati sharoitida 100
          foiz  ga  yaqin  va  bozor  ko‘magida  narxlar ning  shakllanishi  sharoitida
          deyarli nolga teng bo‘ladi. Odatda monopolistik korxonalarning narxlari
          preyskurant narxlar yordamida tartibga solinadi: elektr energiyasi, gaz,
          neft,  kommunal  xizmatlar,  transport.  Ushbu  mahsulotlarning  narxi

          iqtisodiyotda  multiplikator  taʼsirini  keltirib  chiqaradi,  shuning  uchun
          ularni muayyan darajada butun iqtisodiy vaziyatni barqarorlash-tirishga
          yordam  beradi  va  boshqa  barcha  sohalarda  narxlarning  barqarorligi
          darajasini belgilaydi. Bu yerda eng qiyin narsa preyskurant narxni belgilash
          darajasi ni aniqlashda namoyon bo‘ladi. Narxlarni bozor narxidan yuqori
          darajada belgilash bozorda ortiqcha taklif holatiga olib keladi, narxlarni
          bozor narxidan past darajada belgilash taqchillikni keltirib chiqaradi;
            -  monopol narxlarni belgilash.
            Davlat bozorda ustun mavqega ega bo‘lgan korxonalar narxlarini

          belgilaydi, bu esa raqobat, bozorga kirish va narxlar darajasiga qatʼiy
          taʼsir ko‘rsatishga imkon beradi, bu o‘z navbatida bozorning boshqa
          ishtirokchilarining  harakat  erkinligini  cheklaydi.  Monopoliyaga
          qarshi  qonunchilik  maʼlum  bir  kompaniya-ning  bozorda  dominant
          yoki dominant emasligini aniqlashga yordam beradi;
            -  narxlarni  muzlatish.  Ushbu  yondashuv  iqtisodiyotdagi  narxlar
          muvozanati  yoki  inqirozli  vaziyatlarda  qo‘llaniladi  va  faqat

          vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Narxlarni
          muzlatishni faqat qisqa muddatda qo‘llash tavsiya etiladi.
            1.  Narx  chegaralarini  belgilash  orqali  narxlarni  muvofiqlashti-
          rish (narxlarning yuqori yoki past chegarasini belgilash), preyskurant
          narxlarga  nisbatan  qatʼiy  koeffitsiyentlarni  joriy  etish,  chegaraviy
          ustamalarni  belgilash,  narx  shakllanishiga  taʼsir  qiluvchi  asosiy
          ko‘rsatkichlarni  tartibga  solish  (xarajatlarni  shakllantirish  tartibi,
          maksimal  foyda,  soliqlarning  miqdori  va  tuzilmasi),  bir  martalik
          narxlarni oshirishning yuqori darajasini belgilash, davlat korxonalari

          mahsulot va xizmatlariga narxlarni belgilash va tartibga solish.
            2.  Bozor ishtirokchilarining narxlash faoliyatini qonuniy tartibga
          solish,  adolatsiz  raqobatni  cheklash  orqali  erkin  narxlar  tizimini
          tartibga  solish.  Narxlash  jarayoniga  davlat  taʼsirining  ushbu  usuli

                                               669
   665   666   667   668   669   670   671   672   673   674   675