Page 673 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 673
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
- kompaniya yoki mahsulotning kerakli imijini yaratish;
- xayrixohlikni shakllantirish;
- imijni tasdiqlash;
- imtiyozlarni shakllantirish;
- sotib olish zarurligiga ishonchni shakllantirish.
Uchinchi bosqichning maqsadlari:
- mahsulotni sinab ko‘rishga undash;
- sotib olishga rag‘bat uyg‘otish;
- savdo hajmini oshirish;
- maqsadli auditoriyaning xatti-harakatlarini o‘zgartirish.
3) bozorga olib kirish turlarini tanlash, bunda tanlov quyidagilarga
bog‘liq:
- ushbu vositalarning xususiyatlari;
- mahsulot yoki bozor turi;
- reklama kompaniyasining maqsadlari;
- mahsulot hayotiylik siklining bosqichi.
Mahsulotni ilgari surishning har bitta kanali ilgari surishning bir
qator vositalarini tanlab olishni ko‘zda tutadi. Taklif etilayotgan
mahsulotlar yoki xizmatlar turiga qarab tovar va xizmatlarni ilgari
surishning turlicha variantlaridan foydalanish mumkin;
4) murojaatlarni tayyorlash (kompaniya sifatiga bog‘liq). Bunda
quyidagi masalalar hal etiladi:
- mazmun borasida (xaridorning motivlari va his-tuyg‘ularini
hisobga olish lozim);
- mantiqiy tuzilma borasida;
- murojaat shakli borasida.
Mantiqiy tuzilmani ishlab chiqishda quyidagi yechimlar qo‘l lani-
ladi:
- aniq xulosani shakllantirish yoki auditoriyaga yetkazish;
- “ha” yoki “qarshi” dalillarni asoslash;
- qaysi qismda eng asosli dalillarni joylashtirish.
Murojaat shakli murojaat vositasidan kelib chiqib belgilanadi;
5) axborot tarqatish kanallarini rejalashtirish. Aloqa kanallari
shaxsiy va shaxsiy bo‘lmagan bo‘lishi mumkin. Shaxsiy kanallar
672