Page 674 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 674
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
tushuntirish va targ‘ibot, ekspert baholash va ijtimoiy kanallarga
bo‘linadi. Shaxsiy kanallardan foydalanishda kompaniya:
- nufuzli odamlar va tashkilotlarni aniqlash va ularga qo‘shimcha
harakatlarni yo‘naltirish;
- reklama sohasida nufuzli odamlardan foydalanish;
- suhbat mavzusiga aylanadigan reklama yaratishi mumkin.
Shaxssiz aloqa kanallari:
- ommaviy va selektiv taʼsir vositalari (davriy nashrlar, axborot
va raqalari, radio, televideniye va tasvirlangan vizual maʼlumotlar);
- maxsus muhit-sotib olishga moyillikning kuchayishi yoki paydo
bo‘lishiga yordam beradigan maxsus yaratilgan muhit (interyer, xo-
dimlarning xatti-harakati);
- tadbirga yo‘naltirilgan tadbir (ko‘rgazmalar, taqdimotlar);
6) murojaat manbasini tanlash (ishonchli bo‘lishi lozim);
7) kommunikatsiya budjetini rivojlantirish.
Mablag‘larni quyidagi usullar bilan aniqlash mumkin:
- mavjud mablag‘lar;
- savdo hajmining foizi sifatida (bir necha yillar davomida o‘rtacha
foiz);
- raqobat pariteti usuli (raqobatchilar darajasida mablag‘larni
taq simlash);
- maqsad va vazifalar asosida (maqsad, vazifalar belgilanadi,
tadbirlar ishlab chiqiladi va har bir faoliyat uchun xarajatlar
aniqlanadi);
- bozor ulushi usuli (bozor ulushining marketing harakatlariga
bog‘liqlik formulasi qo‘llaniladi);
- isteʼmolchilarning javobini tahlil qilish murojaatlardan keyin
qo‘llaniladi.
Buning uchun maqsadli auditoriya bilan:
- respondentlar mahsulotdan xabardormi;
- siz sinab ko‘rdingizmi;
- siz mahsulot sifatidan qoniqdingizmi mavzularida suhbat
oʼtkaziladi.
Amalda isteʼmol uchun texnologik yangilikni tayyorlash,
673