Page 675 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 675

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             isteʼmolchiga  yangilikni  virtual  isteʼmol  qilish  imkoniyatini
             berish lozimligini tushunish lozim, shunda mahsulot bozorga
             kirishdan oldin tan olinadi. Amalda, isteʼmolchi kelajakda oladigan
             foydalilikni  aniqlashdan  ko‘ra,  innovatsion  mahsulotlarning
             xususiyatlarini  tavsiflash  ancha  oson.  Isteʼmolchilar  texnologik
             innovatsiyalar  yo‘lida  idrok  to‘siqla riga  ham  duch  keladilar:
             yomon  joylashuv,  narx  to‘siqlari,  maʼmuriy  to‘siqlar,  isteʼmolchi
             konservatizmi.



                                                Sotishni
                                            rag‘batlantirish
                                       Mahsulot yoki xizmatlarni
                                          sotib olishni rag‘bat -
                                            lan tirish borasida
                                              tashabbuslar

                   Shaxsiy savdo                                        Jamoatchilik
                 Bir yoki bir nechta           KOMMUNI-                bilan aloqalar
                 potensial xaridorni            KATSIYA              Kompaniya imidjini
                  suhbat davomida             KANALLARI               saqlash yoki mah-
                    sotib olishga                                     sulotini yaxshilash
                       undash                                           borasida xatti-
                                                                          xarakatlar
                                                Reklama
                                             Shaxssiz taqdi-
                                         motlarning har qanday
                                        shakli va muayyan homiy
                                            orqali g‘oyalarni
                                              ilgari surish



                               15.1-rasm. Kommunikatsiya kanallari majmui

                Manba:  Kavoura  A.,  Sakas  D.  P.,  Tomaras  P.  Strategic  innovative
             marketing  //5th  International  Conference  on  Strategic  Innovative
             Marketing. – 2017.

                Bozorga  innovatsiyalarni  ilgari  surish  borasidagi  muvaffaqiyatli
             marketing usullariga quyidagilarni misol sifatida keltirish mumkin:
                -  namunalarni bepul tarqatish;
                -  asosiy mahsulotni yangilashga majbur qiladigan

                                                  674
   670   671   672   673   674   675   676   677   678   679   680