Page 672 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 672

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            -    nufuzli  narxlar  strategiyasi  –  isteʼmolchilar  uchun  yuqori
          narx yuqori sifatli mahsulotlarni anglatishini hisobga olgan holda,
          mahsulotlarga  yuqori  narx  belgilash.  Qoida  tariqasida,  u  avvaldan
          mashhur kompaniyalar tomonidan qo‘llaniladi;
            -    bozorga  kirish  strategiyasi –  ko‘p  sonli  raqobatchilar  bo‘lgan

          sha roitda, yangi mahsulot uchun nisbatan past narxlar o‘rnatiladi;
            -    isteʼmolchilar  fikri  strategiyasi  narxni  isteʼmolchi  mahsulot
          uchun to‘lashga tayyor bo‘lgan darajada belgilash bilan tavsiflanadi.
            Narxlashtirish  borasida  qo‘llaniluvchi  marketing  strategiyasini
          tanlash  narxlarning  maqbul  darajasi  va  tuzilmasini  taʼminlaydi.
          O‘sish, chegirmalar, bo‘lib-bo‘lib to‘lash siyosatidagi innovatsiyalar
          va  yangi  narxlarni  belgilash  raqobat  muhitining  joriy  va  istiqbolli
          holatiga javob berishi lozim.


                     15.5. Innovatsion mahsulot uchun marketing

                                    kommunikatsiyalari
            Marketing kommunikatsiyalari strategiyasini ishlab chiqish jara-
          yoni bir qator bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
            1)    maqsadli auditoriyani aniqlash. Maqsadli auditoriya
          quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
            -  mahsulotlarni bozorga ilgari surishning yaxlit majmui bilan

          qamrab olingan barcha potensial isteʼmolchilar;
            -  segmentlarga bo‘lingan potensial isteʼmolchilar, bunda har bir
          auditoriya uchun o‘ziga xos ilgari surish majmui qo‘llaniladi;
            -   bitta segment.
            2)  aloqa kompaniyasining maqsadlarini belgilash:
            -    umuman korxonaning strategik va taktik maqsadlari;
            -    bevosita isteʼmolchilarga nisbatan.
            Maqsadni belgilash maqsadli auditoriyaning holatiga (bilim, his-
          tuyg‘ular va munosabat, xulq-atvor) bog‘liq.

            Birinchi bosqichning maqsadlari:
            -   xabardorlikni yaratish;
            -   kerakli maʼlumotlarni taqdim etish.
            Ikkinchi bosqichning maqsadlari:

                                               671
   667   668   669   670   671   672   673   674   675   676   677