Page 669 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 669

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             Narxlar nuqtai nazaridan ushbu bozorlarning asosiy ajralib turadigan
             xususiyati korxonaning bozor narxini belgilashga taʼsir qilish darajasidir.
             Maksimal taʼsir monopoliya sharoitida, minimal – mukammal raqobat
             bozori sharoitida taʼminlanadi. Bozordagi narx alohida firma, firmalar
             guruhi, davlat va bozor tomonidan nazorat qilinishi mumkin.

                3. Tovarlarning harakati – bu yakuniy isteʼmolchiga tovarlarni yet-
             kazib berishni taʼminlaydigan jarayondir. Odatda, tarqatish kanallari-
             ning uchta asosiy turi farqlandi:
                -  to‘g‘ridan-to‘g‘ri – bunda tovar va xizmatlar yakuniy isteʼmol-
             chiga vositachilar ishtirokisiz yetkazib beriladi;
                -  bilvosita – tovarlar va xizmatlar yakuniy isteʼmolchiga bir yoki
             bir nechta vositachilar yordamida yetkazib beriladi;
                -  aralash  – dastlabki ikki turdagi kanallarning xususiyatlari
             birlashtiriladi.

                Narxni shakllantirish nuqtai nazaridan tovarlarni taqsimlash
             kanallari  ishtirokchilarining  narxlarning  oshishiga  taʼsiri  qiziqish
             uyg‘otadi.  Mahsulot  ishlab  chiqaruvchisi  va  uning  yakuniy
             isteʼmolchisi  o‘rtasida  vositachilar  qancha  ko‘p  bo‘lsa,  chakana
             narx  sotish  narxidan,  ushbu  mahsulot  ishlab  chiqaruvchisining
             boshlang‘ich  narxidan  yuqori  bo‘ladi.  Oxir  oqibat,  bu  tovarlar  va
             xizmatlarga talabning cheklanishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida

             narxlarning pasayishini rag‘batlantiradi va shu bilan mahsulotni
             tarqatish kanallarini maqbullashtirishga yordam beradi.
                Shu bilan birga, multiplikator samarasi holatida vaziyat mutlaqo
             teskari bo‘lishi mumkin – narxlarning o‘sishi jarayonida cheksiz ta lab
             hodisasi kuzatiladi, chunonchi ushbu holatda narx-ish haqi spirali
             harakatga keladi.
                1. Davlat. Narxlashtirish jarayoniga davlat tomonidan taʼsir ko‘r-
             satish-ning  uchta  darajasi  farqlanadi:  Narxlarni  belgilash.  Davlat
             narxlarni belgilashning quyidagi asosiy usullaridan foydalanadi:

                -  preyskurant narxlardan foydalanish. Tovarlar va xizmatlar nar xining
             preyskuranti vazirliklar, idoralar va davlat narxlash organlari tomonidan
             tasdiqlangan va eʼlon qilingan narxlar va tariflarning rasmiy majmuidir.
             Narxlar  preyskuranti  yordamida  belgilangan  narxlar  turlicha  bo‘lishi

                                                  668
   664   665   666   667   668   669   670   671   672   673   674