Page 667 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 667
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
maq sadlar atrofida shakllandi, tashqi muhitda sodir bo‘layotgan
o‘z ga rishlarga muttasil moslashib boradi. Masalan, texnologik mu -
hit ning o‘zgarishi marketologlarni raqobatchilardan ortda qolmas-
lik uchun mahsulot texnologiyasi sohasidagi innovatsiyalar bilan
bog‘liq yangiliklarni kuzatib borishga majbur qiladi. Bu borada
ko‘p lab o‘xshash misollarni keltirishimiz mumkin, bunda narxlash-
tirish masalalariga qayta-qayta murojaat qilishga to‘g‘ri keladi, bu
ayniqsa foydaning keskin pasayish holatlarida muhim ahamiyat kasb
etadi. Boshqa holatlarda yuqori savdo hajmiga erishish maqsadga
muvofiq sanaladi, bunda foyda cheklovchi sifatida maydonga chiqadi.
Boshqacha aytganda, marketologlar foydaning minimal darajasini
belgilaydilar, so‘ngra umumiy foyda korxona rahbariyati tomonidan
belgilangan minimal daromadlilik meʼyoridan past bo‘lmasligi uchun
savdo hajmini oshirishga intiladilar.
Narxlar bilan bog‘liq uchinchi maqsadlar majmui narx bo‘yicha
yetakchilarning narx darajasiga bog‘liq bo‘lgan bozor raqobatini
hisobga olgan holda narxlarni belgilash bilan belgilanadi. Bu
holat marketologlarni narxga bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchilariga
asoslangan narxlash bilan bog‘liq yangilik-larni joriy etishga majbur
qiladi, chunonchi bunday o‘zgaruvchilarni narx o‘zgaruvchilariga
qaraganda ko‘chirib olish yetarlicha mushkul hisoblanadi. Bozorda
yuqoridagi o‘zgaruvchilarning ahamiyati pasayganda, mahsulot
qiymatiga qarab narxlashdan foydalanish maqsadga muvofiq.
Bunday holda, mahsulotning raqobatdosh takliflarning narxi va
sifatiga nisbatan afzalliklari taʼkidlanadi. Daromadlilik yoki sotish
hajmi bilan bog‘liq bo‘lmagan maqsadlarning oxirgi toifasiga obro‘-
eʼtibor bo‘yicha maq sadlar kiradi. Bunda sotuvchilar mahsulot va
xizmatlarga yuqori narxlarni belgilab, xaridlarning eksklyuzivlik va
o‘ziga xoslik muhitini kuchaytiradigan mutaxassislarni jalb qiladilar.
Narxlashda innovatsion g‘oyalarni izlash yuqorida tilga olib o‘tilgan
yo‘nalishlarda amalga oshiriladi va turli xil o‘zgaruvchilarni o‘z ichiga
olishi, operativ va strategik tavsifga ega bo‘lishi mumkin.
Narxlarga taʼsir qiluvchi barcha asosiy omillarni ichki va tashqi
omillarga bo‘lish mumkin.
666