Page 663 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 663
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
dasturi korxona darajasida ko‘rilishi lozim bo‘lsada, ayni chog‘da a)
va b) darajalarni ham hisobga olishi lozim. Bozor konyunkturasini
tahlil qilishda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi:
1. Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari.
2. Ichki tovar aylanmasidagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi
ko‘rsatkichlar.
3. Narxlar darajasi dinamikasi ko‘rsatkichlari.
4. Eksport va import operatsiyalaridagi o‘zgarishlarni aks ettiruvchi
ko‘rsatkichlar.
Bozor sig‘imi kategoriyasini aniqlashtirish va uni marketing
o‘z ga ruvchisi sifatida baholash “bozor salohiyati” tushunchasi
bilan bog‘liq. Tovar taklifi va talabi bozor salohiyatining amalda
bo‘lish shaklini ifoda etadi. Bozorning ishlab chiqarish va isteʼmol
salohiyatini farqlash lozim. Ishlab chiqarish salohiyati-bu maʼlum
hajmdagi tovarlarni ishlab chiqarish va bozorga yetkazib berish
imkoniyatla rini baholashdir.
Isteʼmol salohiyati bozorning maʼlum miqdordagi tovarlarni sig‘dira
olish qobiliyatini baholashni ko‘zda tutadi. Ishlab chiqarish salohiyatini
tahlil qilish va baholash xaridorning marketing muammosiga taalluqli
bo‘lgani holda, isteʼmolchilar salohiyatini tahlil qilish va baholash ishlab
chiqaruvchining marketing muammosi hisoblanadi. Isteʼmolchilar
talabini qondirish, tovar massasining muomala soha siga jalb qilinishi
va keyinchalik isteʼmol sohasiga o‘tishi mahsulot bozori salohiyatining
ro‘yobga chiqishi natijasidir. Isteʼmolchi salohiyatini aniqlashtirish
talabni o‘rganishda eng muhim bo‘g‘in (dast labki bosqich) hisoblanadi.
Bozorning isteʼmol salohiyati bu bozor sig‘imining o‘zginasidir. Ushbu
marketing o‘zgaruvchisi talab hajmiga yaqin, ammo u bilan bir xil emas,
chunki u bozor konyunkturasini shakllantiruvchi omillarning taʼsirini
hisobga olmaydi. Bozor hajmini hisoblashda quyidagilarni hisobga olish
lozim:
- (hudud, mintaqa, yil, oy, chorak va boshqalar)ni aniq vaqtga
bog‘lash;
- bozor sig‘imi va uning dinamikasini har tomonlama baholashga
imkon beruvchi ko‘rsatkichlar tizimini tanlash;
662