Page 668 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 668
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Tashkilot tomonidan nazorat qilinadigan omillar ichki omillar
sifatida eʼtirof etiladi:
- mahsulotning hayotiylik sikli;
- tovarlar (xizmatlar) portfeli;
- tovarlarni (xizmatlarni) segmentlash va joylashtirish;
- savdo belgilaridan foydalanish.
Mahsulotning hayotiylik sikli odatda narxni shakllantirish
siyosatida ko‘p ham qo‘l kelavermaydi. Korxona portfelini baholashga
asoslangan yondashuv bozorda o‘z mavqeiga va tegishli moliyaviy
resurslarga ega bo‘lganlar uchungina qo‘l keladi.
Tashqi omillar:
1. Xaridorlar narxlash sohasida korxonalar faoliyatiga sezilarli taʼsir
ko‘rsatadi. To‘g‘ri munosabat bildirish va ularning xatti-harakatlarini
hisobga olish uchun kompaniya bozordagi xatti-harakatlari ning
umumiy qonuniyatlari va xususiyatlari haqida muayyan bilimlarga
ega bo‘lishi lozim. Bunga, birinchi navbatda, mijozlar xulq-atvorining
psixologik jihatlari kiradi: ehtiyojlar, zarurat, istak-xohish, mahsulot
yoki xizmatni tanlashda ishtiyoq, isteʼmol qilish usullari, tovar va
xizmatlarga munosabat, yangiliklarga munosabat, isteʼmolchilarning
narx, tovar va xizmatlar sifatiga sezgirligi. Psixologik jihatlardan
tashqari, xaridorlar xatti-harakatlarining iqtisodiy jihatlari ham
mavjud. Bunga sotib olish qobiliyati, budjet cheklovlari va ularning
isteʼmolchi afzalliklari bilan aloqasi kabilar kiradi. Xaridor budjeti
cheklanganligi va narxlar doimiy ravishda o‘zgarib turishi sababli o‘z
budjetidan qanday qilib eng oqilona foydalanish, qaysi mahsulotni
sotib olish va qaysi birini sotib olmaslik borasida xaridor doimo
tanlovga duch keladi. Chegaraviy naflilik va isteʼmolchi tanlovi
nazariyasiga ko‘ra, xaridor o‘zining moliyaviy imkoniyatlari bilan
birgalikda bo‘lajak xaridning nafliligi borasidagi shaxsiy tasavvuriga
eng mos keladigan mahsulotni afzal ko‘radi.
2. Bozor muhiti. Bozor muhiti juda murakkab va ko‘p qirrali
tushunchadir. U iqtisodiy, siyosiy va madaniy tartibning ko‘plab omillari
taʼsiri ostida shakllanadi. Odatda to‘rtta asosiy bozor modellari mavjud:
sof raqobat, monopolistik raqobat, oligopoliya va sof mono poliya.
667