Page 671 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 671

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             bir  qator  taqiqlarni  kiritishdan  iborat:  –  dempingni  taqiqlash
             –  raqobatchilarni  yo‘q  qilish  uchun  mahsulot  tannarxidan  past
             narxlarda  tovarlarni  sotishni  taqiqlash.  Ushbu  amaliyot,  ayniqsa,
             bozorda  raqobatchilarni  bozordan  siqib  chiqarishga  yoki  ularning
             ushbu bozorga kirib kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka intilayotgan yetakchi

             bo‘lgan sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi.
                Bundan tashqari, bunday taqiq xalqaro savdo amaliyotida ishlab
             chiqarish xarajatlari past bo‘lgan mahsulotlarning agressiv import qi-
             luvchilarining bozorga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun keng qo‘llaniladi;
                - adolatsiz narx reklamasini taqiqlash  – bunday reklama
             isteʼmolchilarning eʼtiborini mahsulotga jalb qilish uchun narxlarni
             pasaytirish illyuziyasini yaratadi;
                -  vertikal narxlarni belgilashni taqiqlash – ishlab chiqaruvchilar-
             ning  o‘z  narxlarini  vositachilarga,  ulgurji  va  chakana  savdoga

             qo‘yishni taqiqlash;
                - gorizontal narxlarni belgilashni taqiqlash – agar ushbu korxo-
             nalarning umumiy bozor ulushi ularga bozorda ustun mavqeni taʼ-
             minlasa,  bir  nechta  ishlab  chiqaruvchilarning  mahsulot  narxlarini
             maʼlum darajada ushlab turish to‘g‘risidagi kelishuvini taqiqlash.
                Innovatsiyalar marketingida qo‘llaniluvchi asosiy narx strategiya-
             lariga quyidagilar kiradi:

                - “qaymog‘ini olish” strategiyasi bozorga yangi mahsulotni kiri-
             tishda, mahsulot uchun yetarlicha yuqori narxlar o‘rnatilganda, agar
             kompaniyaning  bozorda  raqobatchilari  bo‘lmasa  va  isteʼmolchilar
             mahsulot  haqida  maʼlumotga  ega  bo‘lsa,  shuningdek,  tezkor  foyda
             olish lozimligi sharoitida qo‘llaniladi.
                - narxlarni bosqichma-bosqich pasaytirish strategiyasi – bozorga
             yangi  mahsulotni  chiqarish  vaqtida  narxlarning  nisbatan  yuqori
             darajasi bilan tavsiflanadi;
                - narxlarni tabaqalashtirish strategiyasi – bir xil mahsulotni turli

             xaridorlar tomonidan yoki turli vaqtlarda (shu jumladan kun davo-
             mida) yoki turli hududlarda turli narxlarda sotish;
                -  psixologik qulay narxlar strategiyasi – isteʼmolchilarning “ichki
             mantiq” asosida tovarlar darajasini qabul qilishi;

                                                  670
   666   667   668   669   670   671   672   673   674   675   676