Page 676 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 676
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
dasturlarni ishlab chiqish (yangi dasturiy mahsulotlar,
kompyuter o‘yinlari);
- yangi mahsulotlarni ishlab chiqishda potensial foydalanuvchilarni
jalb qilish;
- yangilikka qiziqish uyg‘otish maqsadida taassurotlar iqtisodiyoti
davrida yangi tovarlar uchun afsona yaratish.
Bozorda samarali ishlash uchun kompaniya nafaqat isteʼmolchi-
ning ehtiyoj-laridan kelib chiqqan holda mahsulotni ishlab chiqishi,
unga to‘g‘ri narx belgilashi va samarali tarqatish tizimini taklif qili-
shi, balki bozor bilan axborot almashinuvini yo‘lga qo‘yishi, yaʼni
kommunikatsiya yo‘llarini taʼminlashi lozim.
Marketing kommunikatsiyalari kompaniya tomonidan ishlab
chiqilgan barcha turdagi signallar va xabarlarni o‘z ichiga oladi:
- isteʼmolchilar;
- savdo vakillari;
- yetkazib beruvchilar;
- hokimiyat idoralari;
- kompaniyaning o‘z xodimlari.
Yangi mahsulotlarni ilgari surishdan maqsad kompaniyani ham,
mahsulotni ham potensial mijozga tanishtirishdir. Innovatsiyalarni
ilgari surish bosqichida quyidagi vazifalarni hal qilish kerak:
1) reklama mijozlarga kompaniyaning yangi mahsulotlari haqida
tasavvur hosil qilishga yordam beradi. Ko‘pincha mijozlar tomonidan
sotib olish asosan ishontirish unsuriga bog‘liq;
2) kompaniya tegishli mijozlar guruhiga yangi mahsulotlar haqida
to‘g‘ri maʼlumotni yetkazish uchun g‘amxo‘rlik qilishi lozim;
3) kompaniya va uning mahsulotlari haqida ijobiy taassurot yara-
tilishi lozim.
Agar isteʼmolchi hech qachon korxona yoki mahsulot haqida
eshit magan bo‘lsa, unda bunday korxona mahsulotlarini sotib olish
ehtimoli juda past. Xuddi shu narsa mijoz kompaniya yoki uning
mahsulotlari haqida yomon taassurot qoldirganda sodir bo‘ladi.
675