Page 681 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 681

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                               Mavzu bo‘yicha qisqacha xulosalar
                Innovatsion  marketingning  shakllanishi  boshqaruv  faoliyati-
             ning rivojlanishi va isteʼmolchining ijtimoiy takror ishlab chiqarish
             jarayonidagi o‘rni bilan uzviy bog‘liqdir. Hozirgi vaqtda bozorda
             raqobatbardoshlikni saqlash masalasi ayniqsa keskin bo‘lib, bunda

             tizimli  marketingning  o‘rniga  yetarlicha  baho  berish  talab  etiladi.
             Korxonalarning  raqobatdoshligi  ko‘plab  omillarga  bog‘liq,  yaʼni
             zamonaviy  menejment  nafaqat  resurslardan  samarali  foydalanish
             va qayta taqsimlashni, balki bozor sharoitlari va mavjud bozor
             nisbatlarini hisobga olishi ham talab qiladi.  Aynan raqobatning
             kuchayishi innovatsion marketingning paydo bo‘lishi va shakllanish
             omillaridan biriga aylandi. Raqobat ustunliklari har doim tashqi va
             ichki  muhitda  maʼlum  o‘zgarishlarni  amalga  oshirish  bilan  bog‘liq
             bo‘lib, ular amalda innovatsiyalar bilan chambarchas bog‘liq.

                Innovatsiya-bu asosini intellektual mulk obyektlari tashkil qiluvchi
             yangi  raqobatbardosh  mahsulot,  texnologiyalar,  boshqaruv  shakl
             va usullarini ishlab chiqish va tarqatishga qaratilgan ijodiy faoliyat
             natijalaridan tijorat maqsadlarida foydalanishdir.
                Innovatsion  faoliyat-bu  to‘plangan  bilimlar,  texnologiyalar  va
             uskunalarni  tijoratlashtirishga  qaratilgan  faoliyatdir.  Innovatsion
             faoliyat natijasi yangi yoki qo‘shimcha tovarlar yohud yangi sifatlarga

             (innovatsiyalarga) ega tovar va xizmatlarda o‘z aksini topadi.
                Innovatsion faoliyat-bu intellektual mahsulotni yaratish va undan
             foydalanish, yangi o‘ziga xos g‘oyalarni tayyor mahsulot holiga kel-
             tirish asosida ularni bozorda tayyor mahsulot shaklida sotishga
             qaratilgan faoliyatdir.
                Innovatsiyaning  mohiyati  uning  funksiyalarida  namoyon  bo‘ladi.
             Innovatsiyalarning funksiyalari uning mamlakat iqtisodiy tizimidagi
             maqsadini va iqtisodiy jarayondagi o‘rnini aks ettiradi. Korxonalar-
             ning raqobatbardoshligini oshirishda innovatsiyalar alohida ahamiyat

             kasb etadi. Amalda innovatsiya quyidagi uchta funksiyani bajaradi:
                – takror ishlab chiqarish;
                – investitsion;
                – rag‘batlantirish.

                                                  680
   676   677   678   679   680   681   682   683   684   685   686