Page 682 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 682

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Innovatsiyalarning takror ishlab chiqarish funksiyasi innovat siya-
          larning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni moliyalashti rishning
          muhim manbai ekanligini ko‘rsatadi. Takror ishlab chiqarish funksiya-
          sining  mazmuni  innovatsiyalardan  foyda  olish  va  ulardan  moliya-
          viy  resurslar  manbai  sifatida  foydalanishdir.  Innovatsiyalarni  joriy

          etish natijasida olingan foyda turli yo‘llar bilan, shu jumladan kapital
          sifatida  foydalanilishi  mumkin.  Mazkur  kapitaldan  yangi  turdagi
          innovatsiyalarni  moliyalashtirishda  foydalanish  mumkin.  Shu
          tariqa, innovatsiyalardan olinadigan foydani investitsiya maqsadida
          yo‘naltirish     innovatsiyalarning        investitsion      funksiyasining
          mazmunini tashkil qiladi.
            Innovatsiyalarni joriy etish orqali tadbirkor tomonidan foyda olish
          har qanday tijorat tashkilotining asosiy maqsadiga bevosita mos
          keladi.  Foyda  tadbirkor  uchun  yangi  innovatsiyalarni  joriy  etishga

          turtki bo‘lib xizmat qiladi, uni doimiy ravishda talabni o‘rganishga,
          marke ting  faoliyatini  tashkil  etishni  takomillashtirishga  va
          moliyaviy menejmentning zamonaviy usullarini qo‘llashga undaydi.
          Sanab  o‘tilganlarning  barchasi  birgalikda  innovatsiyalarning
          rag‘batlantiruvchi  funksiyasining  mazmunini  tashkil  qiladi.
          Nazariya  va  amaliyotda  innovatsiyalarning  tabiati  kiritilayotgan
          o‘zgarishlarning chuqurligi doirasida ko‘rib chiqiladi, xususan:

            -  nol tartibli innovatsiyalar-tizimning asl xususiyatlarini tiklash,
          mavjud funksiyalarni yangilash;
            -       birinchi      tartibli innovatsiyalar-tizimning miqdoriy
          xususiyatlarini o‘zgartirish;
            -  ikkinchi tartibli innovatsiyalar – faoliyatni yaxshilash uchun
          tarkibiy qismlarning o‘rnini qayta ko‘rib chiqish;
            -  uchinchi tartibli  innovatsiyalar  –  ishlab  chiqarish  tizimi
          unsurlarni o‘zaro bir-biriga moslashuvchan tarzda o‘zgartirish;
            -    to‘rtinchi  tartibli  innovatsiyalar  –  bunda  tizim  dastlabki

          unsurlarining foydali xususiyatlari yanada yaxshilanadi;
            -  beshinchi tartibli innovatsiyalar – asosiy tarkibiy konsepsiya
          o‘zgarmagan  holda,  tizimning  barcha  yoki  aksariyat  xususiyatlari
          o‘zgaradi;

                                               681
   677   678   679   680   681   682   683   684   685   686   687