Page 683 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 683
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
- oltinchi tartibli innovatsiyalar -tizimning ishlash tamoyillari
o‘zgarmasa-da, tizimning boshlang‘ich xususiyatlari sifat jihatdan
o‘zgaradi;
- yettinchi tartibli innovatsiyalar-tizim funksional xususiyatla-
rining tubdan o‘zgarishi.
Innovatsiyalarni marketing obyekti sifatida ko‘rib chiqish asnosida
marketingning asosiy tamoyilini ajratib ko‘rsatish mumkin, yaʼni
mazkur tamoyil mijozlarga yo‘naltirilgan marketingni boshqarish
dasturi doirasidagi moslashuvchan javob qaytarish tamoyili
hisoblanadi. Innovatsiyalar marketingi sifat jihatidan yangi
xususiyatlarga ega bo‘ladi. Asosiy sifat nazariya va amaliyot o‘rtasidagi
o‘zaro taʼsir sohasida tug‘iladi, shu tariqa nazariya to‘g‘ridan-to‘g‘ri
taqsimlovchi kuchga aylanadi.
Shuni taʼkidlash kerakki, bugungi kunda ishlab chiqaruvchining
raqobatdosh ustunliklari yangi bozor ehtiyojlariga tezkor javob
be rishi va yangi mahsulotlarni qancha erta joriy eta olishi bilan
belgilanadi. Bugungi kunda muvaffaqiyatga erishishda ishlanmalarni
tezkor yaratish va joriy etish muhim omil hisoblanadi. Shundan kelib
chiqqan holda, innovatsiyalar marketingning asosiy tamoyillari
sira siga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: – isteʼmolchilarning
xulq- atvori tabiatiga qarab ish ko‘rish; – uzoq muddatli istiqbolga
mo‘ljal olish, yaʼni moslashish; – yakuniy amaliy natijaga mo‘ljal
olis h. Klassik marketingning asosiy kategoriyalaridan innovatsiyalar
marketingida osongina foydalanish mumkin.
Anʼanaviy marketing ko‘lamini kengaytirish va faoliyatning turli
jihatlarini va birinchi navbatda innovatsiyalarni uni ko‘rib chiqish
doirasiga kiritish innovatsiyalar marketingining alohida yo‘nalish
sifatida ajralib chiqishiga olib keldi.
Innovatsion marketingning predmeti innovatsion bozorning holati
va unga hamroh bo‘lgan jarayonlar bo‘lib, innovatsion marketingning
maqsadi har qanday iqtisodiy vaziyatda innovatsion mahsulotni
ishlab chiqish, joriy etish va tijoratlashtirishni marketing asosida
yo‘lga qo‘yishdir. Innovatsion marketingni o‘rganishning maqsadlari
quyidagilardan iborat:
682