Page 679 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 679

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             uchun bir necha hafta davom etadi. Kontekstli reklamada reklamani
             raqobatchilarga  nisbatan  joylashtirish  faqat  1  marta  klik  uchun
             belgilangan narxga bog‘liq;
                Targetlash imkoniyatlari. Reklama tizimlari reklama ko‘rinishiga
             taʼsir  qiladigan  ko‘rsatkichlarni  sozlashga  imkon  beradi.  Mavjudlik

             (sutkada  24  soat,  haftada  7  kun)  va  moslashuvchanlik  (reklama
             kampaniyasini darhol boshlash, sozlash va to‘xtatish);
                Interaktivlik.  Isteʼmolchi  sotuvchi  va  mahsulot  bilan  o‘zaro
             aloqada  bo‘lishi,  uni  o‘rganishi,  baʼzan  sinab  ko‘rishi  (masalan,
             dasturlar ning demo versiyalari, kitoblarning muayyan boblari) va u
             maʼqul kelsa, sotib olishi mumkin;
                Katta hajmdagi maʼlumotlar (shu jumladan, grafika, ovoz, vi-
             deo, maxsus effektlar)ni joylashtirish imkoniyati ;
                Axborotni tarqatish va qabul qilish tezligi;
                Nisbatan arzon narx;

                Foydalanuvchining  diqqati  kompyuter  oldida  jamlanganda
             maʼlumotlarni har jihatdan idrok eta olish imkoniyati;
                Qiziqish va professional mashg‘ulotlar bo‘yicha virtual jamoa-
             larni (onlayn hamjamiyat) yaratish imkoniyati.
                Internetdagi  reklamaning  kamchiliklari  sirasiga  quyidagilarni
             kiritish mumkin:

                Yuqori qiymat. Qidiruv tizimlarida veb-saytlarni reklama qilishga
             kelsak, kontekstli reklama 2-3 baravar qimmatroq bo‘lib chiqadi (1 ta
             klik narxini qayta hisoblashda);
                Noxolis  munosabat.  Baʼzi  foydalanuvchilar  Internetdagi  har
             qanday  reklamaga  qarshi  chiqishadi.  Shu  bois,  prinsipial  jihatdan,
             ular  reklamaga  klik  bosmaydilar  va  faqat  qidiruv  natijalaridan
             foydalanadilar.  Internet  reklama  ko‘pincha  foydalanuvchini  asosiy
             ish turidan chalg‘itadi.
                Muayyan aholi yashash joylarida Internet foydalanuvchilari-
             ning ozchilikni tashkil qilishi.

                Yetkazib berish bilan bog‘liq muammolarning vujudga kelish
             ehtimoli. Shu tariqa, onlayn reklama misolida ko‘rib o‘tilganidek,
             reklama borasida mukammal texnologiyalar mavjud emas. Biroq,

                                                  678
   674   675   676   677   678   679   680   681   682   683   684