Page 684 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 684
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
- innovatsiyalar va ularning tipologiyasi to‘g‘risida g‘oyalarni
shakllantirish;
- boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida innovatsiyalarning
namoyon bo‘lish xususiyatlarini aniqlashtirish;
- innovatsiyalarni tarqatish va tijorat maqsadlarida foydalanish
ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish;
- isteʼmolchi xulq-atvorining tabiatini aniqlash.
Ushbu vazifalarni hal qilish quyidagilarga imkon beradi:
- yangilanish va innovatsiyalarning paydo bo‘lishi jarayonlari ning
uzluksizligining obyektiv tabiatini, innovatsion jarayonlarni rag‘-
bat lantirish va qo‘llab-quvvatlashda davlat va jamiyatning o‘rnini
tushu nib etish;
- boshqaruv va ilmiy-texnik sohada innovatsion jarayonlarni
amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashtirish;
- innovatsion mahsulotni yaratish va tijoratlashtirishni tegishli
tartibda qo‘llab-quvvatlash.
Innovatsiyalar marketingi funksiyalarining asosiy natijasi – bu yangi
mahsulotning moliyaviy ko‘rsatkichlarini iqtisodiy hisob kitob qilish va
uni bozorga chiqarishni davom ettirish yoki to‘xtatish to‘g‘risida qaror
qabul qilish maqsadida sotish hajmini bashoratlashdan iboratdir.
683