Page 686 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 686
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
tadqiqot, ishlab chiqarish, sotish, isteʼmol qilishni o‘z ichiga olgan
mahsulotlarning hayotiylik siklining barcha bosqichlarida resurslarni
mahsulot va xizmatlarga aylantirish;
3) resurs-korxonaning moddiy-texnik, mehnat, axborot va moliya-
viy resurslari majmuasi;
4) tashkiliy-tashkiliy tuzilma, barcha funksiyalar va loyihalar bo‘-
yicha jarayonlar texnologiyasi, tashkiliy madaniyat;
5) menejment-tashkilotning umumiy boshqaruvi, boshqaruv tizimi
va uslubi.
Tashkilotning innovatsion salohiyatini baholash uchun ko‘pincha
ekspert usuli qo‘llaniladi. Uni amalda qo‘llash jarayonida innovatsion
potensial tarkibiy qismlarining holati mutaxassislar tomonidan 5 balli
tizim bo‘yicha baholanadi. Ball qanchalik yuqori bo‘lsa, innovatsion
potensialning baholangan komponentining holati shunchalik yaxshi
bo‘ladi. Bunda innovatsion salohiyatning har bir komponenti bo‘yicha
baholarning quyidagi gradatsiyasi belgilanadi: 5-juda yaxshi holat;
4-yaxshi; 3-o‘rtacha; 2-yomon; 1-juda yomon.
Ekspert usulini qo‘llash asosida korxonaning innovatsion
salohiyatini baholash texnologiyasi jadvalda keltirilgan.
685