Page 685 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 685

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                                     AMALIY TOPSHIRIQLAR


                       Nazorat va o‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
                1.    Iqtisodiy  faoliyat  subyektlarining  samaradorligini  oshirishda  in-

             novatsion faoliyatning ahamiyati haqida tushuncha bering.
                2. Innovatsiyalar marketingi va innovatsion marketingning bir- biridan
             farqli va umumiy jihatlari nimalardan iborat?
                3. Innovatsion faoliyat samaradorligiga taʼsir ko‘rsatuvchi tashqi va
             ichki muhit omillari borasida so‘z yuriting?
                4.  Innovatsion  mahsulotni  reklama  qilishning  o‘ziga  xos  jihatlari
             nimalardan iborat?

                5. Innovatsion mahsulot narxini shakllantirishga taʼsir ko‘rsatuvchi
             omillarni tavsiflang.
                6.  Innovatsion  mahsulotni  bozorga  olib  kirishda  qo‘llaniluvchi
             marketing usullari va kommunikatsiyalari nimalardan iborat?


                1-topshiriq.

                Innovatsion  potensial  —  yangi  g‘oyalar,  texnologiyalar  va
             mahsulotlarni yaratish, joriy etish va tarqatish qobiliyatini
             belgilaydigan ijtimoiy-iqtisodiy tizimning (korxona, shahar, mintaqa,
             mamlakat) xususiyatlari to‘plami.
                Korxonaning innovatsion salohiyatini butunlay rivojlantirish
             faqat uning ichki muhitining tarkibiy qismlarini rivojlantirish orqali
             amalga oshirilishi mumkin, shuning uchun innovatsion potensialni

             o‘rganish uchun tashkilotning ichki muhitini tahlil qilish kerak.
                Tashkilotning  ichki  muhiti  uning  ishlab  chiqarish  va  iqtisodiy
             tizimini  tashkil  etuvchi  unsurlardan  tashkil  topgan.  Tahlil
             qilish  qulayligi  uchun  ushbu  unsurlar  odatda  quyidagi  bloklarga
             guruhlanadi:

                1)  mahsulot  (loyiha)  –  kompaniyaning  faoliyat  yo‘nalishlari  va
             ularning mahsulot va xizmatlar ko‘rinishidagi natijalari (loyihalar va
             dasturlar);
                2)  funksional  (ishlab  chiqarish  funksiyalari  bloki)  –  ilmiy-


                                                  684
   680   681   682   683   684   685   686   687   688   689   690