Page 678 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 678
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
ustunlik berish kerak, ularning tiraji doimiy ravishda oshib borishi
sababli bunday jurnallarda reklama narxlari har doim boshqalarga
qaraganda past bo‘ladi. Innovatsion marketing vositalari ancha
samarali va quyidagi ikki sababga ko‘ra qo‘llaniladi.
Birinchidan, marketing maʼlumotlarini tarqatishning yangi, hali
tekshirib ko‘rilmagan vositalari odatda, arzonroq narxlarni taklif
qiladi.
Ikkinchidan, yangi doimo kamdek ko‘rinaveradi.
Yangi mahsulotlarni reklama qilishning o‘ziga xosligi va yuqori
narxi reklama samaradorligini tahlil qilishni talab qiladi. Bu
kompaniya innovatsion siyosatidagi butun marketing majmuining
eng muhim qismi hisoblanadi.
Reklama tadqiqotining ikkita katta yo‘nalishi mavjud:
1. reklama vositalarini tahlil qilish;
2. asosiy reklama vositalarining samaradorligini tahlil qilish va
o‘rganish.
Birinchi sohani tahlil qilish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- yangi mahsulotni reklama qilish muvaffaqiyatini oldindan ba-
shorat qilish (pretest);
- reklama muvaffaqiyatini kuzatish (post-test).
Bashorat testlari (pretest) korxonaning bosh menejerlari,
muhandis-mutaxassislar, reklama bo‘yicha mutaxassislar va
raqobat chilarning so‘rovi asosida tuziladi. Post-testlar yuqorida
aytib o‘tilgan shaxslarning so‘rovini va reklama qaratilgan umumiy
auditoriya ni o‘rganishni o‘z ichiga olishi mumkin. Yangi mahsulotni
reklama qilish muvaffaqiyatini kuzatish belgilangan reklama maq-
sadlarining bajarilishini, ularning potensial isteʼmolchiga tushunarli
bo‘lish darajasini o‘rganish, shuningdek reklama kampaniyasining
xulosalarini shakllantirish uchun zarurdir. Har qanday reklama sin-
gari, Internetdagi reklama ham bir qator afzallik va kamchiliklarga
ega. Internetdagi reklamaning afzalliklari quyidagilardan iborat:
Natijalarning samaradorligi. Sayt reklamasini kontekstda
2-3 soat ichida ishga tushirish mumkin, bu uni qidiruv tizimining
saytini reklama qilishdan yaxshi ajratib turadi, natijalarga erishish
677