Page 665 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 665

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                 Bozor sig‘imi dinamikasiga taʼsir qiluvchi omillarni aniqlash va
             tahlil qilish – talabning o‘sish surʼatlarining o‘zgarishi (kamayishi)
             yoki bozor sig‘imining pasayishi (kengayishi) foizi aniqlanadi.
                Innovatsiyalarga bo‘lgan talabni tahlil qilish quyidagilarni o‘z ichi-
             ga oladi:

                1. Yaratilayotgan innovatsiyaga bo‘lgan ehtiyojni tahlil qilish.
                2. Talabning korxona faoliyatiga taʼsirini tahlil qilish.
                3. Innovatsion mahsulotlarni sotishning maksimal hajmini aniq-
             lash.
                4. Innovatsiyalar va tegishli xizmatlarga bo‘lgan talabni tahlil qilish.
                5. Innovatsiyalarga bo‘lgan talabni shakllantiruvchi omillarni aniq-
             lash.
                Innovatsiyalarga bo‘lgan talab amalga oshirish vaqtiga qarab:
                a) dastlabki, b) joriy, c) keyingi davrlar bo‘yicha tahlil qilinadi.

                Talabni baholash ko‘rsatkichlari quyidagicha:
                1.  Mazkur turdagi mahsulotning potensial xaridorlari soni.
                2.  Taklif etilayotgan mahsulotlarning narxi.
                3.  Talab hajmi.
                4.  Yangi mahsulotlarni sotish bo‘yicha takliflar.
                5.  Talabning sezgirligi.
                Talabni baholash talabni o‘lchash imkonini beruvchi ko‘rsatkichlarni

             tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Isteʼmol mahsulotlari va sanoat
             mahsulotlariga  bo‘lgan  talabni  baholash  ko‘rsatkichlarini  farqlash
             lozim.
                I.  Xomashyoga  bo‘lgan  talabni  o‘lchash  borasida  quyidagilar
             baholanadi:
                a)  potensial isteʼmol tashkilotlari soni;
                b)  haqiqiy isteʼmol tashkilotlari soni;
                c)  haqiqiy isteʼmolchiga toʼgʼri keladigan faollik darajasi;
                d)  faollik birligiga birlik isteʼmol darajasi.

                II.  Tashkil  etuvchilarga  bo‘lgan  talab  isteʼmolchining  ishlab
             chiqarish  hajmiga  bog‘liq  bo‘lib,  uni  tahlil  qilish  uchun  quyidagi
             ko‘rsatkichlar zarur:
                a)  potensial isteʼmolchi korxonalar soni;

                                                  664
   660   661   662   663   664   665   666   667   668   669   670