Page 654 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 654
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
ko‘rsatilgan. Shuni yodda tutish kerakki, vaqt o‘tishi bilan yangi
mahsulotlar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqarishning
innovatsion jarayoni, ishlab chiqarish barqarorlashganda, asta-sekin
muntazam (barqaror) jarayonga aylanadi.
Innovatsion jarayon rejalashtirilgan maqsadlarga erishishga imkon
beruvchi innovatsiyalarni ishlab chiqish, o‘zlashtirish va amalga
oshirishga qaratilgan harakatlarning muayyan ketma-ketligini ifoda
etadi.
1. Innovatsion jarayon ilmiy-tadqiqotlar (ITI) g‘oyani izlash – fun-
damental tadqiqotlar bosqichidan boshlanadi. Ilm-fan va ishlab chi-
qarishning o‘zaro taʼsiri jamiyat ilmiy-texnik taraqqiyotining asosi
hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda fundamental tadqiqotlarga
investitsiyalar davlat mablag‘larining yuqori samarali qo‘yilmasi
sifatida qaraladi.
2. Innovatsion jarayonning ikkinchi bosqichida amaliy tadqiqot lar
amalga oshiriladi. Potensial investorlar uchun innovatsion loyihalar-
ga sarmoya kiritishda har doim muayyan darajada xatar mavjud bo‘-
la di, chunonchi salbiy natija, yaʼni mablag‘larni yo‘qotish ehtimoli
katta. Amaliy tadqiqotlar o‘tkazish bilan sanoatning ilmiy-texnik
tashkilotlari va oliy taʼlim muassasalarining kafedralari shug‘ullanadi.
3. Innovatsion jarayonning uchinchi bosqichida tajriba-
konstruktorlik ishlari (TKI) -mahsulotlarni yaratish yoki
modernizatsiya qi lish jarayonida bajariladigan ishlar: konstruktorlik
va texnologik hujjatlarni ishlab chiqish, tajriba namunalarini
(tajriba partiyasi) ishlab chiqarish va sinovdan o‘tkazish amalga
oshiriladi. Moliyalashti rish manbai tashkilotlarning o‘z mablag‘lari,
buyurtmachilar va davlat budjeti mablag‘lari hisoblanadi.
4. To‘rtinchi bosqichda innovatsiyani tijoratlashtirish jarayoni
amalga oshadi. Ushbu davrda quyidagi ishlar bajariladi: innovatsiya-
larga bo‘lgan talabni o‘rganish (innovatsiyalar marketingi);
innovatsiyalarni yaratish (ishlab chiqarish); innovatsiyalarni amalga
oshi rish; iqtisodiy samaradorlikni baholash; innovatsiyalar diffuziya-
si. Moliyalashtirish manbai tashkilotlarning o‘z mablag‘lari, bank
kreditlari va davlat hisoblanadi.
653