Page 651 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 651

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                ⇒  tasdiqlangan budjet doirasida yangi loyihalarni amalga oshi-
             rish hisobiga innovatsiyalar sonining ko‘payishi;
                ⇒  muttasil  yangilanib  borayotgan  taklif  hisobiga  tashkilotning
             tezkor o‘sishi;
                ⇒  mahsulot va tovarlarni yaratishda resurslarni tejash hisobiga

             yuqori foyda olish, chunonchi mahsulotning hayotiylik sikli qanchalik
             qisqa bo‘lsa, innovatsion mahsulotlar narxiga qo‘shiluvchi mukofot
             shunchalik yuqori bo‘ladi;
                ⇒  dastlab o‘ziga xos raqobatdosh ustunliklarga ega bo‘lgan “pio-
             nerlar” tomonidan innovatsion mahsulotni yaratish evaziga kuchli
             savdo markasiga ega bo‘lish;
                ⇒  loyihani amalga oshirish muddatini qisqartirish hisobiga
             bozorni rivojlantirish prognozlarining ishonchliligi.
                Innovatsion  kompaniyalarning  strategik  imkoniyatlari  yangi

             bozorlarni yaratish va mavjud bozorlarni kengaytirish, yangi
             bozorlarga kirib borish va biznesni qayta joylashtirish bilan bog‘liq.
             Biroq,  yangi  mahsulotni  yaratish  jarayonini  sekinlashtiruvchi
             quyidagi omillarga eʼtibor qaratish lozim:
                1)  ishlab  chiqarishning  ayrim  sohalarida  mahsulotlarni  yanada
             takomillashtirish imkoniyatining mavjud emasligi va natijada yangi
             inqilobiy g‘oyalarning taqchilligi;

                2)  kuchli  raqobat  natijasida  bozorning  parchalanishi  va  buning
             oqibatida  yangi  mahsulotlarning  kichik  bozor  segmentlariga
             yo‘naltirilishi;
                3) ijtimoiy va davlat cheklovlarining o‘rnatilishi, unga ko‘ra yangi
             mahsulotlar  isteʼmolchilar  xavfsizligi  va  ekologik  muvofiqlik  kabi
             mezonlarga  javob  berishi  lozim;  4)  yangi  mahsulotlarni  yaratish
             jarayonining yuqori sarf-xarajatlar bilan bog‘liqligi;
                5) baʼzi kompaniyalarda kapital taqchilligi;
                6)  o‘xshash  g‘oyani  tezroq  yaratuvchi  raqobatchilardan  orqada

             qolish;
                7)  raqobatchilar  tomonidan  yangilikni  nusxalash  natijasida
             mahsulotlar hayotiylik siklining olti oygacha qisqarishi.



                                                  650
   646   647   648   649   650   651   652   653   654   655   656