Page 650 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 650

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
          isteʼmolchilarning  afzalliklari  va  didining  o‘zgarishi  va  raqobatning
          kuchayishi  bilan  belgilanadi.  Ishlab  chiqarishni modernizatsiya
          qila  olmagan  korxonalar  ertami-kech mi  o‘z  o‘rinlarini  bozorda
          ilg‘or korxonalarga bo‘shatib berishga majbur bo‘ladilar. Marketing
          innovatsiyalari to‘g‘risidagi qarorlar fav qulodda murakkab va xatarli
          bo‘lsada, ular korxonaning omon qolishi va rivojlanishida muhim o‘rin
          tutadi. Texnologik o‘zgarishlarning tezlashishi bu jarayonning yanada
          muhimligini tasdiqlaydi. XX asr ning 90-yillarida besh yil oldin mavjud
          bo‘lmagan mahsulotlarning savdodagi ulushi o‘rtacha 40 foizga yetdi.

            Yuqori  texnologiyali  (Hi-tech)  tarmoqlar  uchun  bu  nisbat  yanada
          yuqoriroq. Shu bilan birga, bunday tarmoqlar mahsulotlari savdosi-
          ning o‘sishida doimiy tendensiya kuzatiladi. Biznes amaliyoti har bir
          kompaniyani  turli  xil  innovatsiyalarni  joriy  etish  va  ishlab  chiqari shni
          maqbullashtirishga majbur qiladi. P. Doyl “Honda” kompaniya sini izchil
          innovatsion faoliyatning yorqin namunasi sifatida keltiradi. 80-yillarning
          boshlarida  “Yamaha”  uning  mototsikl  bozoridagi  mavqeiga  hujum
          qilishga urinib ko‘radi. Bunga javoban “Honda”ning “Yamaha Wotsubusu”
          jangovar (“Yamaha”ni yanchib tashlaymiz) cha qirig‘i yangradi. “Honda”
          innovatsion raqobatga kirishdi va 11 oy ichida mototsikllarning 113 ta yangi
          modellari bozorga olib chiqdi. “Honda” kompaniyasi asosiy ko‘rsatkichlari
          yangilik va o‘ziga xosli bo‘lgan mototsiklning tasvirini urfdagi modani
          sotib olish sifatida yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, “Nonda”
          ishlab  chiqa rishda  eng  yangi  texnologiyalardan  foydalangan  holda
          isteʼmolchilarga to‘rt klapanli dvigatellar, kompozit materiallar, to‘g‘ridan-
          to‘g‘ri  uzatma  va  boshqa  texnik  jihatdan  murakkab  yangiliklarni  taklif
          qildi. Uning mototsikllari oldida “Yamaha” kompaniyasining mahsulotlari
          eskirgan va xunuk ko‘rinardi, bu o‘z navbatida uning mahsulotlariga

          talabning keskin tushib ketishiga olib keldi. Bugungi kunda tashkilot ning
          raqobatdosh ustunliklari asosan bozorning yangi ehtiyojlariga tezkor
          javob berish va yangi mahsulotlarni tezkor joriy etish bilan taʼminlanadi.
          Hozirda innovatsiyalarni yaratish, ishlab chiqarish va tarqatish tezligining
          ahamiyati sezilarli darajada  oshib bormoqda.  Tashkilotning quyidagi
          innovatsion dastaklari ajratib ko‘rsatiladi:
            ⇒   yangi mahsulot modelini yaratish vaqtining qisqarishi hisobiga
          past xarajatlar, masalan, olti yildan uch yilgacha;

                                               649
   645   646   647   648   649   650   651   652   653   654   655