Page 649 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 649
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
foiz gazeta sarlavhalari mavzusiga aylanadi va atigi 2 foiz tubdan yangi
mahsulotlar hisoblanadi.
Qolgan 8 foiz innovatsiyalar yangi marketing konsepsiyalari, yaʼni:
1) taniqli mahsulotlardan foydalanishning yangi usullari;
2) mahsulotni qayta joylashtirish va yangi segmentlarga kirish;
3) biznes va mijozlarga xizmat ko‘rsatishning yangi usullarini ifoda
etadi . Innovatsiyalar borasida qulay shart-sharoitlar tashqi bozor
64
muhitida yangi ehtiyojlarning paydo bo‘lishi yoki mavjud ehtiyojlarni
qondirishning yangi usullariga olib keladigan o‘zgarishlar tufayli
vujudga keladi. Tashqi muhitdagi o‘zgarishlar innovatsiyalar uchun
zamin yaratadi. Birinchidan, demografik vaziyat, aholi turmush
tarzi va sifati, siyosat, texnologiya, modadagi o‘zgarishlar yangi
ehtiyojlarning paydo bo‘lishiga olib keladi. Masalan, jamiyatning atrof
muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq talablari elektromobillarning
rivojlanishi, birlamchi foydalanishdan keyin to‘liq qayta ishlanadigan
qadoqlash materiallarining yangi turlarini ishlab chiqishni taqozo
etadi. Aholining qarishi tendensiyasi chakana savdoni tashkil etish,
inson tanasining sog‘lig‘ini yaxshilash va uy xo‘jaligini boshqarish
bo‘yicha yangi konsepsiyalarning paydo bo‘lishiga yordam beradi.
Ikkinchidan, tashqi muhitning o‘zgarishi avvaldan mavjud bo‘lgan va
yangidan paydo bo‘lgan ehtiyojlar borasida yangi yechimlarning paydo
bo‘lishini ko‘zda tutadi. Xususan, ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan
foydalangan holda kompaniyalar isteʼmolchilar ehtiyojlarini qondirish
yo‘llarini takomillashtirib boradilar, bu o‘z navbatida isteʼmolchilarga
tobora samaraliroq mahsulot va xizmatlarni yaratish va taqdim etish
imkoniyatlarini beradi. Yangi bilimlar nafaqat mahsulot va xizmatlarni
yaxshilash, balki mahsulot tannarxini pasayti rish va sifatini yaxshilash
imkonini beradi. Marketing innovatsiyalari kompaniyalarning o‘sishiga
va ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishga yordam beradi. Shunday
qilib, tashqi muhitning o‘zgarishi natijasida yangi ehtiyoj, yangi bilim
va ushbu ehtiyojlarni qondirish usullari paydo bo‘ladi. Mahsulot
hayotiylik siklining qisqarishi yangi texnologiyalarning paydo bo‘lishi,
64 Tolmachev O.M. MARKETING STRATEGIES AND TACTICS OF ADVERTISING PROJECTS FOR TOURISM
COMPANIES. MIR (Modernization. Innovation. Research). 2016;7(4(28)):129-133. (In Russ.) https://doi.
org/10.18184/2079-4665.2016.7.4.129.133
648