Page 653 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 653

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                                                                               15.1-jadval
                    Innovatsion va barqaror jarayonlar o‘rtasidagi asosiy farqlar



                 Jarayon ko‘rsatkichlari     Innovatsion jarayon       Barqaror jarayon
                 Asosiy yakuniy maqsad         Yangi shakllangan     Tarkib topgan ijtimoiy
                                                ijtimoiy ehtiyojni    ehtiyojni qondirish
                                                   qondirish
              Amalga oshirishdagi xatarlar           Yuqori                   Past

                       Jarayon tipi                 Diskret                 Uzluksiz
                    Yaxlit jarayonning                Past                   Yuqori
                   boshqariluvchanligi
                  Tizimni rivojlantirish     Rivojlanishning yangi,  Qaror topgan rivojla-
                      imkoniyatlari             yanada istiqbolli    nish darajasini saqlab
                                                darajasiga o‘tish            qolish
               Jarayon ishtirokchilarining         Ziddiyatli         Manfaatlar tizimiga
              shakllangan manfaatlar tizimi                                asoslanadi
               bilan o‘zaro munosabatlari
               Jarayonni tashkil etishning   Moslashuvchan, mo‘rt       Qatʼiy, normativ
                   o‘ziga xos shakllari      tuzilmaga ega tizimlar     tartibga solishga
                                                                          asoslangan

                Manba: Fullan M. Overview of the innovative process and the user //
             Interchange. – 1972. – Т. 3. – С. 1-46.

                Har  qanday  ishlab  chiqarish  jarayoni  o‘z  mohiyatiga  ko‘ra
             barqaror (muntazam) yoki innovatsion tavsifga ega bo‘lishi mumkin.
             Innovatsion  jarayonning  mohiyati  uni  muntazam  ishlab  chiqarish
             jarayoni bilan taqqoslashda namoyon bo‘ladi. Barqaror (muntazam)

             jarayon vaqt o‘tishi bilan barqarorlik, ustun ijtimoiy ehtiyojlarni
             qondirish, asosan maqbul variantni tanlash, jarayonning uzluksizligi
             va nisbatan past xatar darajasi bilan tavsiflanadi. Innovatsion jarayon
             yangi  ijtimoiy  ehtiyojlarni  qondirish  istagi;  maqsadga  erishish
             yo‘llari ning  noaniqligi;  yuqori  xatar,  jarayonning  diskretligi  va
             boshqalar bilan tavsiflanadi.
                15.1-jadvalda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish faoliyatidagi
             innovatsion  va  barqaror  jarayonlar  o‘rtasidagi  asosiy  farqlar


                                                  652
   648   649   650   651   652   653   654   655   656   657   658