Page 648 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 648

INNOVATSION  IQTISODIYOT
                                                                          Akram XASHIMOV
            Ilg‘or innovatsiyalarning aksariyati yuqori texnologiyali va
          raqobatdosh mahsulotlarni yaratishda o‘zining haqiqiy timsolini
          topadi,  bu  innovatsion  faoliyatning  muhim  natijalaridan  biridir.
          Innovatsiyalar doirasi amaliyot asosida kengayadi, bunda ularning
          qiymati inson, uning ehtiyojlarini to‘laqonli hisobga olishda

          yuzaga  chiqadi.  Shu  bois  texnologik  yangiliklarning  muvaffaqiyati
          innovatsiyani  real  ishlab  chiqarish  sharoitlariga  moslashtirish
          tezligi va innovatsion jarayon sodir bo‘ladigan muhitning o‘ziga xos
          xususiyatlariga bog‘liq.
            Marketing – bu ayriboshlash orqali bozor ehtiyojlarini qondirish-
          ga  yo‘naltirilgan  boshqaruv  faoliyatining  bir  turidir.  Biroq,  biz
          nafaqat  marketingni  bozorni  boshqarish  nazariyasi  sifatida,  balki
          innovatsiya lar sohasidagi marketingning mohiyatiga ham to‘xtalamiz.
          Shu  munosabat  bilan  “innovatsiyalar  marketingi”  tushunchasini

          aniqlashtirish talab etiladi. Innovatsiyalar marketingi korxonaning
          bozor sharoitida yangiliklarni boshqarish vositasi sifatida maydonga
          chiqadi. Bu nafaqat narxlashtirish, reklama qilish va tovarlarni bozorga
          olib kirish sohasidagi marketing faoliyatini, balki, innovatsion tovarlar
          va  xizmatlar  marketingi,  marketing  strategiyasini  ishlab  chiqish
          texnikasidagi innovatsiyalar, marketing tadqiqotlari, marketing axborot
          tizimini shakllantirish kabilarni ham o‘z ichiga oladi. Yuqoridagilardan

          kelib  chiqqan  holda,  innovatsiyalar  marketingi  innovatsion  sohada
          marketing faoliyatini tashkil qilishni ko‘zda tutishini taʼkidlash bilan
          bir qatorda, uni quyidagicha taʼriflash mumkin: birinchidan, manbai
          innovatsion  texnologiyalar/yangi  mahsulotlar  hisoblanuvchi  noyob
          ustunliklarga erishish imkoniyatini izlash, bu o‘z navbatida ehtiyojlarni
          qondirish yoki qoniqishning sifat jihatidan yangi darajasini taʼminlash
          imkonini  beradi;  ikkinchidan,  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning
          ehtiyojlarini qondirish va tashkilotning raqobatbardoshligini oshirish
          maqsadida yangi mahsulot, texnologiya va jara yonlarni yaratish va

          tijoratlashtirish jarayonini bozorga yo‘naltirilgan boshqarishdir. O‘z
          navbatida marketing sohasida innovatsiyalarning o‘rniga past nazar
          bilan qaramaslik talab qilinadi. Britaniyaning Uorvik universiteti
          professori Piter Doylning so‘zlariga ko‘ra, innovat siyalarning atigi 10

                                               647
   643   644   645   646   647   648   649   650   651   652   653