Page 644 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 644
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
U o‘zining birinchi biznesini maktabda o‘qib yurgan paytidayoq yo‘lga
qo‘ygan. O‘z uyida noyob qobiliyatga ega o‘quvchilar uchun pulli orom-
goh ochib, uning ortidan yaxshigina pul ishlagan.
Shu sabab, internet do‘konini aynan kitoblarni izlaganda tezroq
topishga va yaxshi kitoblar tavsiya qilishni yo‘lga qo‘ygan edi. Shuningdek,
xaridorga mahsulotni chiroyli o‘ramda yetkazib berishga ham katta
eʼtibor qaratgan.
“DE Show Investitsion” kompaniyasida vitse-prezident lavozimida
ishlab turgan Bezos o‘zining biznes g‘oyalarini amalga oshirish uchun
o‘z ishini tashlaydi va rafiqasi Makkenzi Bezos bilan birga noldan yangi
start-upini amalga oshirish uchun harakat qiladi.
Keyinchalik Bezos 2000-yilda “Blue Origin” nashriga asos solib,
kosmik tadqiqotlar sohasiga kirishadi. Bundan tashqari, 2013-yilda u
“The Washington Post” gazetasiga ham rahbarlik qildi.
Bezosning qatʼiyati va zukko ishbilarmonligi uni bugunga kelib,
dunyo ning eng badavlat shaxslaridan biriga aylantirdi. “Forbes” nashri
maʼ lumotlariga ko‘ra, uning boyligi 181,3 mlrd dollarga teng.
Jeff Bezos “Amazon”ga 1994-yil 5-iyulda Vashingtonning Bellevyu
shahridagi garajida asos solgan.
U kitoblar uchun onlayn bozor sifatida boshlangan, ammo elektro-
nika, dasturiy taʼminot, video o‘yinlar, kiyim-kechak, mebel, oziq-ovqat,
o‘yinchoqlar va zargarlik buyumlarini sotish uchun kengaytirilgan.
Jeff nafaqat kompyuter muhandisligi bo‘yicha mutaxassis bo‘lgan, balki
yaxshi marketolog ham edi. U insonlar psixologiyasiga ham qiziqqan.
“Amazon”dan kitob sotib olayotganlarga pochtasi orqali kitob bilan
birga: “Yana nimalarni onlayn buyurtma qilishni xohlardingiz?” deya
savol berar edi.
Kelgan javoblarga qarab internet do‘kon peshtaxtalariga yangidan-
yangi mahsulotlar kirib kela boshladi.
2015-yilda “Amazon” bozor kapitallashuvi bo‘yicha “Walmart”dan
o‘tib, Amerikadagi eng qimmat sotuvchiga aylandi. Ikki yildan so‘ng esa
kompaniya “Whole Foods Market”ni 13,4 mlrd dollarga sotib oldi.
2018-yilda uning ikki kunlik yetkazib berish xizmati “Amazon Prime”
butun dunyo bo‘ylab 100 mln obunachidan oshdi.
643