Page 655 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 655
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
O‘z mohiyatiga ko‘ra, innovatsion jarayon mahsulotning (texno-
logiyaning) innovatsion yangilik darajasiga qarab juda katta farq qili-
shi mumkin.
Amalda foydalaniluvchi jarayonlarning uchta asosiy shakli farqlanadi:
1) novatorlik;
2) modifikatsion;
3) imitatsion.
Novatorlik innovatsion jarayon bozor ehtiyojlarini tubdan yangi
darajada qondirishga imkon beruvchi, shuningdek, yangi ehtiyoj-
larning keng doirasini vujudga keltirishi mumkin bo‘lgan tubdan
yangi jarayonlar, mahsulot va texnologiyalarni yaratishga asoslanadi.
Novatorlik jarayonlari katta sarmoya va fundamental ilmiy
tadqiqotlarni talab qiladi, shuning uchun ular davlat yordamida,
budjet tomonidan moliyalashtiriladigan ilmiy sohalarda yoki katta
tadqiqot xarajatlarini qoplay oladigan yirik korporatsiyalarda amalga
oshiriladi. Innovatsiyalarga yangicha yondashuvning o‘ziga xos
xususiyati jarayonning uzoq davom etishi va olingan natijalarning
noaniqligidir. Baʼzida tadqiqotlarning qo‘shimcha natijalari asosiy
natijalarga qaraganda bir muncha yuqori tijorat yutuqlarini
taʼmin etadi. Innovatsiyalarni boshqarishning modifikatsion usuli
mahsulotning asosiy bo‘lmagan o‘zgarishlari, obyektning yakka
tartibdagi xususiyatlarini yaxshilashga qaratilgan texnologiyalarni
ilgari surishga asoslangan. Estetik, ergonomik, iqtisodiy va ekologik
ko‘rsatkichlarni takomillashtirish odatda korxonani boshqaruv
jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Mahsulotni bozor muhiti
talablariga muvofiq o‘zgarti rish korxonada joriy marketingning asosiy
obyekti hisoblanadi. Innovatsiyalarning imitatsion jarayoni asosan
innovatsiyalar diffuziyasi bilan bog‘liqdir. Imitatsion yondashuv
bozorda yetakchi mavqega ega bo‘lgan korxonalarga ergashuvchilar
tomonidan qo‘llaniladi. Bu o‘z ilmiy tadqiqotlarini o‘tkazish uchun
yetarli mablag‘ga ega bo‘lmagan mamlakatlar va kompaniyalar
uchun yagona variant sanaladi. Innovatsiyalar borasida imitatsion
yondashuvining samaradorligi ko‘p jihatdan maʼlum bir bozorda
mualliflik huquqini himoya qilish tizimini rivojlantirishga bog‘liq.
654