Page 635 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 635
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
4. “Inson kapitali” tushunchasining tadrijiy taraqqiyotini tahlil
qilish uning vaqt o‘tishi bilan murakkab tabiatga ega bo‘lib borishini
ko‘rsatadi.
5. Shakllanish va foydalanish mezonlariga (shakllanish
xususiyatlari, investitsiya subyektlari, foydalanish natijalari) ko‘ra
xususiy va umumiy inson kapitalini individual va makro darajadagi
qiyosiy tahlili bu ikki tur orasidagi farqni aniqlashga, shu bilan ularga
taʼriflarni shakllantirishga imkon beradi.
Mavzu bo‘yicha qisqacha xulosalar
Taraqqiy etgan mamlakatlarda inson kapitaliga investitsiyalar
mikro va makro darajada raqobatdoshlikni oshirish va iqtisodiy
o‘sish ni taʼminlashning muhim omili sifatida ko‘riladi. Inson kapitali
sifatini yaxshilash, butun hayot faoliyati davomida uzluksiz taʼlim
asosida insonlarning kasbiy ko‘nikma va tajribalarini takomillashtirib
borishga qaratilgan strategiyani izchillik asosida amalga oshi-
rishga qaratilgan faoliyati iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini
taʼminlashning muhim sharti bo‘lib hisoblanadi.
Jahon iqtisodiyotida yuz berayotgan jarayonlar mamlakat
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga taʼsir etuvchi omillar orasida nisbat
o‘zgarayotganini yaqqol ko‘rsatmoqda. Jahon banki dunyoning
141 ta davlat misolida global milliy boylik tarkibini tadqiq etish
davomida inson kapitalining uning umumiy qiymatidagi ulushi
64 foizni tashkil etishi va so‘nggi 20 yil davomida uning hajmi 55
foizga o‘sgani maʼlum bo‘lgan. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot
tashkiloti (IHTT)ga aʼzo bo‘lgan yuqori daromadli mamlakatlarda
inson kapitalining milliy boylikdagi ulushi 70 foizni tashkil etgan
bo‘lsa, quyi daromadli mamlakatlarda uning hissasi 41 foizga to‘g‘ri
kelgan. Aynan inson kapitali dagi farqlar mamlakat iqtisodiyotining
jahon bozoridagi raqobatbardoshligi, aholi turmush farovonligi
va umuman, inson taraqqiyo tidagi farqlarni belgilab bermoqda,
xususan, “mamlakatlar o‘rtasida aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan
daromadlardagi farqlarning 10-30 foiz aynan inson kapitali bilan
izohlanishi” maʼlum bo‘lmoqda. Taʼkidlash lozimki, bugungi kunda
634