Page 637 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 637
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
bu modelni tanlashni maʼqul ko‘radilar. Mavjud innovatsion
taraqqiyot modellarining afzalliklarini taqqoslash va ularni o‘rganish
asosida universitet, sanoat va davlatning o‘zaro munosabatlariga
asoslanuvchi, “uchlamchi spiral” modeli katta qiziqish uyg‘otadi.
Mazkur modelda innovatsion iqtisodiyot asoslarini shakllantirishda
universitetlarga katta eʼtibor qaratiladi.
Innovatsion taraqqiyot takror ishlab chiqarish jarayonini
tashkil etish borasidagi yangicha usul va yondashuvlar, mavjud
resurs salohiyatidan samarali foydalanish, ilmiy-texnik taraqqiyot
natijalaridan amalda keng qo‘llanish asnosida yuz beradi, bu o‘z
navbatida iqtisodiy subyektlar va milliy xo‘jalik miqyosida ijtimoiy,
iqtisodiy, ekologik samara olinishini taʼmin etadi.
Innovatsion rivojlanishning ijtimoiy yo‘naltirilganligi bir tomondan
inson hayotining sifat jihatdan o‘zgarishiga taʼsir ko‘rsatsa, boshqa
bir tomondan esa, jamiyat aʼzolarining qobiliyat, kasbiy ko‘nikma va
malakalarini o‘zgartirishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Innovatsion rivojlanishni yuqoridagi xususiyatlar va yondashuv-
larni hisobga olgan holda, uni ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zga-
rishlar va islohotlarda insonlarning faol ishtiroki, faoliyat uslubi
va vositalarini takomillashtirish, mavjud resurslardan samarali
foydalanish bilan tavsiflanuvchi strategik jarayon sifatida talqin qi-
lishimiz mumkin bo‘ladi.
Inson kapitali insonlar o‘z hayoti davomida jamg‘aradigan bilim,
ko‘nikma va salomatlik darajasidan tashkil topadi. Insonlarning
salomatlik va taʼlim darajasi inson uchun shubhasiz muhim
qiymatga ega bo‘lgani holda, inson kapitali esa ularga jamiyatning
faol aʼzosi sifatida o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkonini
beradi. Fuqarolarning yuqori ish haqi, mamlakatda aholi jon boshiga
to‘g‘ri keluvchi milliy daromad darajasi, jamiyat aʼzolarining ijtimoiy
va iqtisodiy faollik darajasi ko‘p jihatdan inson kapitali sifatining
yaxshilanishiga bog‘liqdir. Bu esa o‘z navbatida barqaror rivojlanish
va kambag‘al likni kamaytirish borasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Inson kapitali barqaror o‘sish va qashshoqlikni kamaytirish borasida
hal qiluvchi kuch ekanligini tan olgan hukumatlar ham inson kapitali
636