Page 636 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 636
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
iqtisodiy o‘sish omillari o‘zgarmoqda. Anʼanaviy omillar (mehnat,
er, kapital, tadbirkorlik qobiliyati) kabi omillar o‘rniga fan va taʼlim,
yaʼni umumlashtirib aytilganda millatning intellekti bo‘lgan omillar
birinchi o‘ringa chiqmoqda.
Har qanday milliy iqtisodiyotda inson kapitali – ishlab chiqarishning
hal qiluvchi omili, milliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va uning
raqobatbardosh-ligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi.
Hozirda kunda taraqqiy etgan mamlakatlarda inson kapitali iqtiso-
diyotni barqaror rivojlantirishning muhim omili sifatida baholanadi.
Iqtisodiy o‘sishning xom-ashyo manbalaridan innovatsion
manbalariga o‘tish milliy boylikni ko‘payishini taʼminlovchi,
qo‘shimcha qiymat yaratishning asosiy resursiga aylanayotgan inson
kapitalini birlamchi omil sifatida yuzaga chiqarmoqda.
O‘zbekistonda milliy boylik tarkibida inson kapitali ko‘rsatkichi ning
ulushi 62 foizni tashkil qilgani holda, jahon banki mutaxassislarining
fikriga ko‘ra dunyo mamlakatlari bo‘yicha milliy boylik tarkibida
jismoniy kapitalning ulushi o‘rtacha 16 foizni, tabiiy kapital – 20
foizni, inson kapitali – 64 foizni tashkil etadi (Germaniya, Yaponiya,
Shvetsiya singari taraqqiy etgan mamlakatlarda milliy boylik tarkibida
inson kapitali ulushi 80foiz ga etadi).
Bugungi kunda har qanday davlatda mamlakatning o‘ziga xos va
yetarlicha samarali bo‘lgan milliy innovatsion tizimini barpo qilish
muhim vazifa hisoblanadi. Shuni alohida taʼkidlab o‘tishimiz lo-
zim ki, innovatsion taraqqiyotning yangi modeliga o‘tish birdaniga
to‘planib qolgan salbiy jarayonlarni yengib o‘tish va iqtisodiy
o‘sishni tezlashtirish imkonini bermaydi. Iqtisodiyotni barqaror
rivojlan tirishning yangi innovatsion modelini qaror toptirishda
innovatsion salohiyatdan foydalanishni jadallashtirish, iqtisodiyotni
tarkibiy jihatdan qayta qurish, innovatsion xo‘jalik tizimlarining
samarali faoliyat ko‘rsatishiga imkon beruvchi yangi institutsional
tuzilmalarni yaratishga alohida urg‘u berish talab qilinadi. Hozirda
jahonda biz nes, fan va davlatning o‘zaro aloqalariga asoslangan
innovatsion taraqqiyotning to‘rtta modeli mavjud bo‘lib, mamlakatlar
muayyan shart-sharoit va omillarni hisobga olgan holda, u yoki
635