Page 623 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 623
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
texnika taraqqiyoti darajasiga taʼsir ko‘rsatadi, texnologiyalarni
ishlab chiqarish va ulardan samarali foydalanish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish mamlakatning innovatsion taraqqiyotiga
bevosita taʼsir ko‘rsatadi.
4. Taʼlimga mablag‘ sarflash va aholining kasbiy saviyasini oshirish
aholi farovonligi va innovatsion faolligini oshirishga xizmat qilish bir
qatorda, inson kapitali sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi. Inson
kapitali innovatsion o‘zgarishlarni tezlashtiruvchi va yoki aksincha
sekinlashtiruvchi omillardan biri hisoblanadi. Shu bois, inson
kapitalining hududlarning innovatsion rivojlanishiga taʼsirining
o‘ziga xos jihatlarini tadqiq qilish muhim sanaladi.
1.2. Inson kapitalining mohiyati va tuzilishi haqidagi
zamonaviy qarashlar
Milliy iqtisodiyotning barqaror taraqqiyoti iqtisodiy tizim
ishtirokchilarining o‘zaro ijtimoiy-iqtisodiy aloqalari, shu jumladan
takror ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keluvchi munosabatlar
tizimi ning o‘zgarishiga tayanadi. O‘tish jarayonlari ko‘p jihatdan
ilmiy texnik taraqqiyot taʼsiri darajasi va sifatiga bog‘liq hisoblanadi.
Tadqiqotchilar jamiyatning tarixiy va tadrijiy taraqqiyoti davomida
yuz bergan bunday o‘zgarishlarning bir necha bosqichlarini
ajratib ko‘rsatadilar. Bunday texnologik o‘zgarishlarning birinchi
bosqichi o‘tgan asrning 50-yillarida boshlangan va yarimo‘tkazgich
elektroni kasining rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa; ikkinchi
bosqich 1960-yillarda boshlangani holda, texnologik taraqqiyot
bilan bog‘liq bo‘lgan aksariyat g‘oyalar mikroelektronikada o‘z
ifodasini topgan; uchinchi bosqich o‘tgan asrning 70-yillariga
to‘g‘ri keladi va mikroprotsessor texnologiyalarining rivojlanishi va
shaxsiy kompyuterlar ishlab chiqarilishi bilan ajralib turadi. 1980
– 1990-yildan to hozirgi kungacha davom etayotgan beshinchi
texnologik tartib energiya va moddiy isteʼmol borasidagi iqtisodiy
cheklovlarni bartaraf etish, ishlab chiqarish jarayoni va ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarning rang-barangligini oshirish bilan
bog‘liq. 62
62 Человеческий капитал: содержание, виды, оценка и стимулирование [Текст]: монография / В.Т. Смирнов,
622