Page 620 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 620
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Inson kapitalining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini
taʼminlashdagi o‘rni borasida amalga oshirilgan tadqiqotlarning
birinchi guruhiga inson kapitalining ishlab chiqarish hajmiga taʼsir
ko‘r sa tish ko‘lami va sifati asoslab berilgan ilmiy izlanishlar mansub
bo‘lib, bunday tadqiqotlar sirasiga Romer, 1990; Barro, 1991; Templ,
1999; Kruger va Lindal, 2001; De la Fuente va Dominik, 2005 kabi
olimlar ning asarlarini kiritishimiz mumkin. Bu o‘rinda aksariyat
tadqiqotlarda inson kapitali va iqtisodiy o‘sish o‘rtasida muhim ijobiy
bog‘liqlik mavjudligi tasdiqlanganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi (R.
Solou, 1992).
Ikkinchi guruh tadqiqotlari sirasiga inson kapitalining innovatsion
rivojlanishga (chiziqli bo‘lmagan va bilvosita) to‘g‘ridan-to‘g‘ri
statistik taʼsirini ochib berishga xizmat qilgan Barro, Kalaytzidakis
va Xodjo kabi olimlarning izlanish natijalarini kiritishimiz mumkin.
Uchinchi guruhga inson kapitali va innovatsion rivojlanish
o‘rtasidagi statistik bog‘liqliklar aniqlashtirilgan Knovl, Ouen,
Nonneman, Vanxaud, Xoeffler, Pritchett kabi olimlarning asarlari
kiritilgan. Boulxolning taʼkidlashicha, uzoq muddatli istiqbolda
inson kapitalining hududlarning innovatsion taraqqiyotiga taʼsiri
masalalari hali yetarlicha tadqiq qilinmagan.
Inson kapitaliga investitsiyalarning iqtisodiy o‘sishga taʼsiri
tahlili natijalari ham bir-biriga zid xulosalar beradi. 2000-yillarning
boshlarida Yevropa mamlakatlarida AQSh bilan taqqoslaganda
oliy taʼlimga investitsiyalarning past darajasi kuzatilgan, xususan
Yevropa Ittifoqida YIMning 1,4 foizi, AQShda esa YIMning 3,0 foizi
oliy taʼlimga investitsiya sifatida yo‘naltirilganligi, bugungi kunda
Yevropa Ittifoqining orqada qolishining sabablaridan biri bo‘lib
xizmat qilmoqda. Ammo, Ikkinchi Jahon urushidan keyingi dastlabki
yigirma yil ichida Yevropa davlatlari boshlang‘ich va o‘rta taʼlimga
investitsiyalarning nisbatan past bo‘lishiga qaramasdan AQShga
nisbatan yuqori iqtisodiy o‘sish surʼatlariga erishganligi Agiyon
tadqiqotlarida tilga olib o‘tilgan. Osiyo yo‘lbarslari sanaluvchi
Gonkong, Tayvan, Janubiy Koreya va Singapur mamlakatlari
boshlang‘ich va o‘rta taʼlimga investitsiyalarni yo‘naltirish evaziga
619