Page 616 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 616
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
faoliyatni rivojlantirishga taʼsir ko‘rsatuvchi shart-sharoitlarni
hisobga oluvchi strategik innovatorlar) – S. Litovchenok,
M. Shexovtsov, A. Do‘nin, S. Kostrov, V. Evseev, A. Grishunin, O.A. Stroeva;
- xomashyoga bog‘liqlikni kamaytirish va nomoddiy aktivlar taʼsi-
rini oshirish orqali raqobat kurashida afzalliklarning mavjudligi
(L.G. Simkina, P.V. Drujinina, A.I. Shishkin va boshqalar);
- demografik jarayonlarning qulay dinamikasi, aholining turmush
darajasining o‘sishi, atrof-muhit holatining yaxshilanishidan iborat
bo‘lgan o‘zgarishlarning ijobiy natijalari (E.A. Mixurinskaya).
Xulosa qilib aytganda, innovatsion rivojlanishning ijtimoiy
yo‘naltirilganligi bir tomondan inson hayotining sifat jihatdan
o‘zgarishiga taʼsir ko‘rsatsa, boshqa bir tomondan esa, jamiyat
aʼzolarining qobiliyat, kasbiy ko‘nikma va malakalarini o‘zgartirishda
hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Innovatsion rivojlanishni yuqoridagi xususiyatlar va yondashuv-
larni hisobga olgan holda, uni ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zga-
rishlar va islohotlarda insonlarning faol ishtiroki, faoliyat uslubi va
vositalarini takomillashtirish, mavjud resurslardan samarali foydala-
nish bilan tavsiflanuvchi strategik jarayon sifatida talqin qilishimiz
mumkin bo‘ladi.
Inson kapitalining innovatsion rivojlanishga taʼsirini baholash
hamda aks taʼsirni tahlil qilish bo‘yicha qo‘llanilgan turli xil nazariy
yondashuvlar, usullar va maʼlumotlardan foydalanilgan tadqiqotlar
xilma-xil natijalar beradi, bu esa ushbu holatni keltirib chiqaruvchi
sabablarni atroflicha o‘rganishni taqozo qiladi.
Tadqiqot natijalaridagi farqlanishlarning asosiy sabablaridan biri-
bu inson kapitali va ilmiy-texnik taraqqiyotning iqtisodiy o‘sishga
taʼsirini turlicha izohlab berishga xizmat qiluvchi nazariy qoidalardan
foydalanilganligida namoyon bo‘ladi. Jamg‘arish nazariyasi nuqtai
nazaridan yondashilganda, inson kapitali mehnat unumdorligi va
iqtisodiy rivojlanishga ijobiy taʼsir ko‘rsatishini ko‘rishimiz mumkin
bo‘ladi. Assimilyatsiya nazariyasiga ko‘ra, inson kapitali texnologik
taraqqiyotni jadallashtiradi, o‘z navbatida, texnologik taraqqiyot esa
iqtisodiy o‘sishga turtki beradi.
615