Page 619 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 619

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
                -  tahlil  ko‘rsatkichlari  doirasini  shakllantirishda  o‘rganishning
             sifat xususiyatlarini eʼtibordan chetda qoldirish;
                - baholash natijalarining bir xilligi va multikollinarligi (olingan
             natijalarga  taʼsir  qilishi  mumkin  bo‘lgan  ko‘rsatkichlar  o‘rtasida
             nafaqat to‘g‘ridan-to‘g‘ri, balki teskari aloqaning ham mavjudligi) va

             shu kabilar.
                Jumladan  mazkur  sohada  tadqiqot  olib  borgan  mamlakatimiz
             iqtisodchi  olimlaridan  Sh.  G.  Akramova  inson  kapitali  to‘g‘risidagi
             xorijiy va mahalliy iqtisodiy fikrlarni tizimlashtirish natijasida inson
             kapitali nazariyasi rivojlanishini quyidagi 14.1-rasmda ko‘rsatilgan
             bosqichlarga ajratishni tavsiya qiladi.




                                   XVII – XX asr                             1990-yildan
                                     o‘rtalari        · Inson kapitalini        buyon
                                                      shakllantiruvchi
              · Inson va uning    · Inson kapitali      fundamental        · Inson kapitalini
                 iqtisodiy          to‘g‘risida          iqtisodiy          tadqiq etishga
                 qiymati              klassik           tadqiqotlar           zamonaviy
               to‘g‘risida ilk      fikrlarning          (T. Shults,         yondashuvlar
                fikrlarning        shakllanishi          G. Bekker,           (J.Xekman
               shakllanishi          (V. Petti,         E. Denison,             A.Sen,
              (mutafakkirlar)        A. Smit,            J. Kendrik            R.Barro,
                                     J.S. Mill,         J. Mintser...)           J.Li,
                                  A. Marshall...)                            D.Ajemoglu,
                                                                              V.Lutts...)
               XVII asrgacha                         1960 –1980-yillar




                            14.1-rasm. Inson kapitali nazariyasining rivojlanishi


                Manba:  Sh.G.  Akramova  O‘zbekistonda  innovatsion  iqtisodiyot
             shakl lanishi sharoitida inson kapitalini rivojlantirish. Iqtisodiyot fanla ri


             bo‘ yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. – Toshkent. –

             2019.
                Inson kapitali bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalarining rang-
             barangligi hududlarni innovatsion rivojlantirishda inson kapi talining
             o‘rnini baholash borasida amalga oshirilayotgan tadqiqot ishlari sifati
             va ko‘lamiga taʼsir ko‘rsatadi.

                                                  618
   614   615   616   617   618   619   620   621   622   623   624