Page 622 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 622
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
oshirilganligi ilmiy jihatdan isbotlab berilgan. Nikola Gennayoli,
Rafayl la Porta, Florensio Lopez de Silanes, Andrey Shleyfer 110 ta
mamlakat doirasida iqtisodiy taraqqiyot ko‘rsatkichlarini R. Lukas
ishlanmalariga asoslangan model yordamida iqtisodiy tahlil qilish
asnosida mamlakatlarning iqtisodiy taraqqiyotidagi tafovutlar
bevosita inson kapitali sifati va samarasiga bog‘liq, degan xulosaga
kelishgan. Inson kapitalining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga
qo‘shgan hissasini mikro darajada tadqiq qilish borasidagi tadqiqot
natijalari ham tarqoq tavsifga ega ekanligi bilan ajralib turadi.
Inson kapitalining korxonalarning innovatsion rivojlanishiga
taʼsiri atroflicha o‘rganilgan bir qator ilmiy izlanishlar mahsuli bo‘lgan
tadqiqot natijalari mavjudligini ham eʼtibordan chetda qoldirmaslik
lozim. Bunday tadqiqotlar qatorida 1980-1990-yillar davomida 42
ta mamlakatda 37 ta sanoat tarmoqlari maʼlumotlarini tahlil qilish
asosida inson kapitalining innovatsion rivojlanishga ijobiy taʼsirini
asoslab bergan Karina Xitch va Jovanni Sulis va inson kapitalining
iqtisodiy o‘sishga taʼsirini statistik jihatdan o‘rgangan Di Libertoning
ilmiy izlanishlarini sanab o‘tishimiz mumkin.
Yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqqan holda, quyidagilarni
taʼkidlab o‘tamiz:
1. Hududlarning innovatsion rivojlanishiga inson kapitalining
taʼsirining tabiati har xil bo‘lishi tabiiydir, chunki bu “taʼlim”ni
o‘lchashdagi xatolar, uning sifati, endogen xususiyati va ko‘p
qirraliligini hisobga olmaslik bilan bog‘liq.
2. “Innovatsion rivojlanish” konsepsiyasini aniqlash borasidagi
yondashuvlar – omil, jarayon – innovatsion rivojlanish subyektlari
faoliyati, tashqi va ichki muhitni o‘zgartirish imkoniyati nuqtai
nazaridan ochib beriladi. Innovatsion rivojlanishni o‘rganish mazkur
jarayonning xususiyatlarini, shu jumladan jamiyatda yuz berayotgan
o‘zgarishlar sharoitida shaxsning faol o‘rni va o‘zgarishlarning
ijtimoiy yo‘nalishini hisobga olishni nazarda tutadigan tizimli
yondashuvni qo‘llashga asoslanishi lozimligini ko‘rsatadi.
3. Aholining savodxonlik darajasini oshirishga qaratilgan siyosat
inson kapitalining jamg‘arilish darajasi, mamlakatdagi fan va
621