Page 621 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 621

INNOVATSION  IQTISODIYOT
             Akram XASHIMOV
             o‘ziga xos mo‘jiza yaratganlari holda, yuksak iqtisodiy natijalarga
             erishdilar.
                Inson kapitalining texnologiya va innovatsiyalarning ommala-
             shishiga  taʼsirini  nazariy  jihatdan  asoslashga  xizmat  qiluvchi
             ilmiy  izlanishlar  yetarlicha  ko‘p  emas,  bunday  izlanishlar  sirasiga
             Findlay, 1978; Vang va Blomstraom 1992; Das, 1987; Meyer-Folkis va

             Nunnenkamp, 2009 kabilarning asarlarini kritish mumkin.
                Texnologiyalar borasida yetakchi mamlakatlar bilan farqni bartaraf
             etish  uchun  zarur  bo‘lgan  inson  kapitalining  minimal  darajasini
             hisoblab chiqish borasida sanoqli tadqiqotlar mavjud (Borenszteyn
             va boshq. 1998; Crespo va boshq. 2004; Benhabib va Shpigel 2005;
             Kiruelos  va  Vang  2005),  texnologiyalar  almashish  yo‘llarini  tadqiq
             etuvchilar (Findlay, 1978). Tadqiqotchilar tomonidan ishlab chiqilgan
             asosiy ilmiy masala – bu texnologiyada mujassamlashgan “kapitalning
             to‘lib  toshishi”  rivojlanayotgan  va  rivojlangan  mamlakatlarni
             taqqoslaganda  iqtisodiy  o‘sish  surʼatlaridagi  farqni  bartaraf  etish

             uchun zarur vaqt oralig‘ini kamaytira olishi mumkinmi yoki yo‘qmi
             degan savolga javob topishdan iboratdir.
                Texnologik  jihatdan  qoloqlikni  bartaraf  qilish  va  shu  asnoda
             innovatsion taraqqiyotni taʼminlash milliy xo‘jalikda texnologiyalarni
             yaratish yoki ularni texnologik jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlardan
             qarzga olish evaziga taʼminlanishi mumkin.
                Texnologiyalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish yoki texnologik

             jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarga taqlid qilish mamlakatlararo
             va mamlakat darajasida, shuningdek mikro darajada ham o‘rganiladi.
             Bu borada so‘nggi yillarda eʼlon qilingan ilmiy izlanishlar salmog‘i
             ozchilikni tashkil qiladi.
                Jon  Veyli  va  Xiliang  Jao  tomonidan  olib  borilgan  tadqiqotlarni
             makro ko‘lamdagi tadqiqotlar sirasiga kiritishimiz mumkin,
             mazkur olimlarning ilmiy izlanishlari natijasida  1978-2008-yillar
                                                                      61
             oralig‘ida Xitoyning iqtisodiy o‘sishiga inson kapitalining qo‘shgan
             ulushi  baholangan  va  inson  kapitalidan  samarali  foydalanish
             hisobiga  mamlakatdagi  iqtisodiy  o‘zgarishlarning  38  foizi  amalga

             61  John Whalley. The contribution of human capital to Chinaʼs economic growth [Text] : NBER working paper №
             16592 / John Whalley, Xiliang Zhao. – Cambridge: National bureau of economic research, 2010. – 33 р.
                                                  620
   616   617   618   619   620   621   622   623   624   625   626