Page 618 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 618
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
ni taklif qilgan bo‘lsa; T.V. Teplova intellektual kapitalning mikro
darajadagi iqtisodiy rivojlanishga taʼsirini tahlil qilgan. Inson kapita-
li ning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga taʼsiri borasida keng
ko‘lamli tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lib, bunday tadqiqotlar
si rasiga: bilimlar iqtisodiyotiga o‘tish davrida taʼlim xizmatlari
bozorlarini shakllantirish (V.L. Makarov, 2005); ilmiy-texnik va
innovatsion sohada kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish
(D. Bartolomyu, 1985; L.E. Varshavskiy, 1999); ilmiy xodimlarning
mahsuldorligi (A.I. Terexov, L.M. Mirabyan, 1998); bilimlarni uzatish
mexa nizmlari (A.E. Varshavskiy, 2005; O.G. Golichenko, 2006)
kabilarni qo‘shishi miz mumkin.
G‘arblik iqtisodchi olimlar va mutaxassislar tomonidan ham inson
kapitalining innovatsion taraqqiyotga ijobiy va salbiy taʼsiri borasida
keng ko‘lamli tadqiqotlar amalga oshirilgan. Inson kapitali borasidagi
fundamental nazariy g‘oyalar taʼlimning tashqi samarasidan
foydalangan holda o‘sish manbalarini izohlashga xizmat qiluvchi
iqtisodiy o‘sish modellarida tushuntirib berilgan. Bu boradagi
tadqiqotlar sirasiga “birinchi to‘lqin” endogen iqtisodiy tadqiqotlarni
kiritishmiz mumkin, bunda ishlab chiqarish omillarining cheklangan
mahsuldorligi kamaymasligi yoqlanadi. Keyinchalik texnik taraq qiyot
ko‘lamlari, innovatsiyalarni yaratish va ulardan amalda samarali
foydalanish bilan bog‘liq jihatlar ilmiy tadqiqotlarda o‘z aksini topa
boshladi, bu esa navbatida iqtisodiy o‘sishda innovatsiyalarning o‘rni
to‘g‘risida nazariy qoidalarni shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat
qildi endogen iqtisodiy o‘sish borasidagi tadqiqotlarning “ikkinchi
to‘lqini” sifatida Romer, 1990; Agion, Xovit 1990, 1992; Grossman,
Xelpman, 1991 kabi tadqiqotchilarning asarlarida o‘z aksini topdi.
Yuqorida tilga olib o‘tilgan tadqiqotlar quyidagi jihatlar bilan bir-
biridan ajralib turadi:
- tahlil jarayonida foydalanilgan modelning o‘ziga xos jihatlari;
- taʼlimni o‘lchashdagi xatolarning o‘zgaruvchanligi (taʼlimning
o‘rtacha davomiyligini hisoblashda boshlang‘ich maktab taʼlimi va
doktorlik darajasini olish hisobga olinadi, bu esa inson kapitali tuzi-
lishi bo‘yicha noaniq xulosalarga olib kelishi mumkin);
617