Page 617 - Innovatsion iqtisodiyot
P. 617
INNOVATSION IQTISODIYOT
Akram XASHIMOV
Dastlabki nazariy shart-sharoitlarning turli tumanligi tufayli
tadqiqotlarda qo‘llaniladigan modellar ham bir-biridan farq qiladi.
Modellarning bir guruhida texnik taraqqiyot iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantiradi va tashqi taʼsirlar bo‘lmagan taqdirda ishlab chiqarish
omillari (shu jumladan, inson kapitali) rentabelligi pasayishi tufayli
iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi.
Ikkinchi guruhda esa, inson kapitaliga investitsiyalar ishlab
chiqarish omillarining rentabelligini pasaytirmaydi, aksincha yangi
bilim va texnologiyalarni yaratishni taʼminlaydi. O‘z navbatida, ishlab
chiqarish omillari va ko‘rsatkichlaridan birining doimiy o‘zgarishi
iqtisodiy o‘zgarishlarning tezligiga taʼsir qilishi mumkinligini
kuzatishimiz mumkin. Ushbu modellar guruhida inson kapitali
mamlakat yalpi ishlab chiqarishi hajmiga ijobiy taʼsir ko‘rsatuvchi
omil sifatida ko‘riladi. Iqtisodiy rivojlanishga bilim va ilmiy salohiyat
taʼsirini o‘rganish borasidagi tadqiqotlar rossiyalik iqtisodchi olimlar
V.V. Kiselyova, T.E. Kuznetsova, V.L. Makarova va boshqalarning il-
miy ishlarida o‘z aksini topgan.
XX asrning dastlabki yillaridan boshlab, inson kapitalining
hududlarning innovatsion rivojlanishiga taʼsirini baholash bo‘yicha
tadqiqotlar amalga oshira boshlangan. Akademik S.G. Strumilin
1920-yillarda taʼlimning mamlakatlar iqtisodiy o‘sishiga taʼsirini
tahlil qilgan.
1960–1970-yillarda rossiyalik olimlar (A.I. Anchishkin,
T.S. Xachaturov, Y.V. Yaremenko) iqtisodiy rivojlanish konsepsiyasini
ishlab chiqadilar va bunda ular intensiv o‘sish va uning miqdoriy
jihatlariga alohida urg‘u beradilar. 1980-yillarning boshlariga
kelib, iqtisodiy o‘sish nazariyasi shakllandi, mazkur nazariyada
ishlab chiqarish kuchlaridan samarali foydalanish va rivojlantirish
borasidagi qarashlar, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni
jadallashtirishga xiz mat qiluvchi tarmoq va sohalarni rivojlantirishga
katta eʼtibor qaratiladi.
Ushbu masala makro va mikro darajalarda o‘rganilgan. Xususan,
O.G. Golichenko makroiqtisodiy vositalarning iqtisodiy o‘sishga, in-
no vatsiyalarga asoslangan taʼsirini hisobga oladigan yondashuv-
616